Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Ulug‘bek Baqoyev: «Ertaga faqat g‘alaba uchun o‘ynaymiz»

Baho:
+ | -

OFK kubogi "E" guruhida ertaga 3-tur bahsi bo‘lib o‘tadi. "So‘g‘diyona" Turkmanistonning "Oltin asr" klubi bilan pley-off bosqichi yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. Jizzaxliklar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev mazkur o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz keyingi bosqichga chiqishimiz uchun hech qanday kafolat yo‘q. Bunday imkoniyat "Oltin asr"da ham bor. Biz durang uchun o‘ynamaymiz. Avvalgi o‘yinlarda bo‘lgani kabi ertaga ham faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz.

Har uch kunda o‘yin o‘tkazayotgan paytda futbolchilarning jismoniy holati muhim ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqib uchinchi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Keyingi bosqichga chiqish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilamiz. O‘yinchilar bilan gaplashib olish uchun bugun va ertaga vaqt bo‘ladi. Ammo ular men nima kutayotganimni yaxshi bilishadi. Futbolchilar bu yerga nima uchun kelganimizni bilishadi. Shuning uchun ular g‘alaba uchun borlarini berishadi", — dedi Baqoyev.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:14, 29.06.2022.
O'qildi: 3626 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик