Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Kreativ karikaturalar ustasi Omar Mo‘maniy haqida nimalarni bilasiz?

Kreativ karikaturalar ustasi Omar Mo‘maniy haqida nimalarni bilasiz?

Baho:
+ | -

Karikatura (italyancha caricare — „oshirish“, „urg‘u berish“) deb satirik yoki hajviy tasviriy san’atga aytiladi. Satirik karikaturada ijtimoiy, siyosiy va boshqa muammolar fosh etiladi, korrupsiyaga berilganlar tanqid qilinadi. Hajviy karikatura esa biror kimsani tanqid qilmay, shunchaki kundalik mavzularni kulgili yoritadi.

Karikatura qadimdan chizib kelinadi. Siyosiy karikaturalar Qadimgi Rimda ham tarqalgan edi. O‘zbekistonda karikatura maktabi “Mushtum” jurnali va keyinchalik unga hamroh “Afandi” gazetasi faoliyati bilan bog‘langan. O‘zbek karikaturachilar safiga Telman Muhamedov, Alijon Xoliqov, Narimon Ibrohimov, Emil Ro‘ziboyev, Sur’at Salohitdinov, Husan Sodiqov, Javlon Nazarov va boshqalar kirishadi.

Bugungi kunda sport sohasida ham karikatura chizish juda ham ommalashib bormoqda. Futbol muxlislari esa Omar Mo‘maniyni bugungi kundagi eng mashhur va ob’ektiv futbol karikaturachilaridan biri, deb hisoblashadi. Iordaniyalik ijodkor Goal.com saytida o‘z ijod na’munalarini e’lon qilib keladi.

Bundan tashqari, u boshqa bir qancha loyihalar bilan shug‘ullanadi: siyosatchilarni yoki shunchaki hazil-mutoyibalarni chizadi, u o‘zining birinchi qisqa metrajli animasion filmining prodyuseri, internetda avtobiografik komiksni nashr etishni rejalashtirmoqda. Futbol yulduzlari uning “hazillari”ga ijobiy munosabatda bo‘lishadi.

Rassom o‘zini “Milan” jamoasining doimiy muxlisi deb biladi. Bolaligidagi sevimli futbolchisi esa Roberto Badjo. Bugun esa u Messini eng zo‘ri, deb hisoblaydi.

Uning ish uslubi 30 yillarning klassik karikatura chizmasi ta’sirida shakllangan. Bundan tashqari, karikatura rassomi Piter Baggening asarlari uni ilhomlantiradi.

Goal.com asosan Angliya va Ispaniya chempionatlarida bo‘lib o‘tayotgan voqealarni chizish uchun topshiriq beradi: birinchisi Yevropadagi eng ommabop chempionatlardan biri hisoblanadi, ikkinchisining ishtirokchilari esa “Barselona” va “Real Madrid” bo‘lib, ularda talab yuqori bo‘lgan futbolchilar to‘p tepadi.

Rassomning so‘zlariga ko‘ra, statik tasvir animasiyaga qaraganda kamroq ma’noni yetkazish qobiliyatiga ega. Yaqinda u futbol mavzusidagi multfilmlarni o‘z ichiga olgan YouTube kanalini ochdi. Rassom ushbu yo‘nalishni ham rivojlantirishni rejalashtirmoqda.

Endi Omar Mo‘maniy harakat va fantaziya cheklanmaydigan to‘liq hajmdagi multserial yaratish ustida bosh qotirmoqda va buning uchun homiy izlamoqda.

Kiritildi: 17:49, 01.07.2022.
O'qildi: 3574 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.