Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Mirjalol Qosimov: “Birinchi davradagi eng yaxshi o‘yinimizni o‘tkazdik”

Mirjalol Qosimov: “Birinchi davradagi eng yaxshi o‘yinimizni o‘tkazdik”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 13-turidan o‘rin olgan AGMK — “Navbahor” (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi. Mirjalol Qo‘shoqovich o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Bugungi o‘yinda qonun ustuvor bo‘ldi. Futbolda “sen urmasang, senga urishadi”, degan qonun bor. Ushbu uchrashuvda birinchi davradagi eng yaxshi o‘yinimizni o‘tkazdik, deb o‘ylayman. Yigitlarga hech narsa deya olmayman. Bunday bahslar bo‘lib turadi. Kurashlarga boy, kombinasion o‘yin bo‘ldi. Ammo vaziyatlardan foydalanish borasida oqsadik. Mazkur bahsda muxlislar yutdi, biz esa uch ochko yo‘qotdik. Endi futboldan kichik ta’tilga chiqamiz. Hayot esa davom etadi. Qaytaraman, bugun birinchi davradagi eng yaxshi o‘yinimiz bo‘ldi.

- Oxirgi paytlarda ikki nafar darvozabonni almashtirib o‘ynatyapsiz. Ammo jamoa darvozasiga yo‘llanayotgan ikki zarbadan biri ko‘pincha gol bilan yakunlanyapti. Bu jiddiy muammo emasmi?

- Albatta, bu muammo. Ammo ishlamagan insongina xato qilmaydi. Bu xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarish lozim.

- Davralar oralig‘ida jamoada o‘zgarishlar bo‘ladimi?

- Jamoada unchalik ham katta o‘zgarish kuzatilmaydi. Jarohatlangan futbolchilarimiz tezroq safga qaytishsa, bu nur ustiga a’lo nur bo‘lardi.

- AGMK chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan biri. Ammo ba’zi chiziqlarda yuqori saviyali o‘yinchilar yetishmayotgandek tuyulmayaptimi? Masalan, Anzur Ismoilov kelgandan keyin himoya ancha tartibga keldi. Boshqa pozisiyalarchi?

- Har bir murabbiy tarkibida kuchli futbolchilar bo‘lishini xohlaydi. Ammo kurashda boshqa jamoalar ham bor. Menimcha, biz shu tarkib bilan ham muxlislarga yoqadigan o‘yin ko‘rsatyapmiz.

Kiritildi: 00:09, 02.07.2022.
O'qildi: 2066 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.