Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Gvardiola uslubi dunyo bo‘ylab tarqalishda davom etadi. CFGning bu safargi mahsuloti Italiyada paydo bo‘ldi

Gvardiola uslubi dunyo bo‘ylab tarqalishda davom etadi. CFGning bu safargi mahsuloti Italiyada paydo bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Man Siti" oilasiga yana bir klub qo‘shildi: City Football Group xoldingi "Palermo"ning 80% aksiyalarini 13 million yevroga sotib oladigan bo‘ldi. Bitim yakunlanish arafasida.

Italiya jamoasi uchun bu najot yo‘li desak ham bo‘ladi. 2019 yilning may oyida klub B seriyada uchinchi o‘rinni egalladi va elitaga chiqish uchun pley-off o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi, ammo jamoa moliyaviy muammolar tufayli professional maqomdan mahrum bo‘ldi. Bu klub uchun albatta, katta yo‘qotishdir.

Biroq "Palermo" taslim bo‘lmadi va havaskorlar klubi sifatida D Seriyaga (Italiyaning to‘rtinchi divizioni) kirdi. 2019/20-yilgi mavsumning birinchi davrasidayoq stadionga 17 000 muxlis tashrif buyurdi va liga rekordini yangiladi.

Jamoa darhol C seriyaga chiqdi va bir mavsumdan so‘ng B seriyaga ham qaytishga muvaffaq bo‘ldi - ular pley-off finalida "Padova"ni mag‘lub etishdi. Shu tariqa, "Palermo" endi yangi egalari bilan A Seriyada ham yangi yutuqlarni egallashga harakat qilib ko‘radi.

Xo‘sh, bu hamkorlik "Palermo"ga nima beradi?

City Football Group - haqiqiy yirik imperiya. U yirik bozorlar orqali klublarni sotib oladi va ularning “Manchester Siti” darajasida kuchayishi ustida ishlaydi – bu orqali xoldingning asosiy loyihasi reklama qilinadi. Bu imperiya korporativ madaniyatga ega: logotiplarning bir xilligi, ranglar (agar iloji bo‘lsa, bu "Palermo"ga ta’sir qilishi dargumon), ismlar va Pep namunasidagi hujum uslubi. Barchasi ajoyib.

Stadionlar yonidagi fan-do‘konlarda ular nafaqat mahalliy jamoalarning, balki yaxlit korporasiyaga ham tegishli bo‘lgan tovarlarni sotishadi.
Deloitte auditorlik firmasi hamkori Fernando Pons shunday deydi: "Jirona" muxlisi yoki "Nyu-York" muxlisi shubhasiz, "Siti" muxlisiga aylanadi. Bu brend butun dunyoga yoyilmoqda va jamoa to‘g‘ri yo‘lda", - deydi funksioner.

"Man Citi" brendi logotipsiz ham sotilishi mumkin. Qanday qilib deysizmi? Bu yerda turli xil global futbol maktablari mavjud bo‘lib, ular havaskor murabbiylarga qo‘ldan kelgancha yordam beradi. Bu ham albatta, katta biznes. Taktika va o‘yin uslubi orqali butun tizim dunyoga yoyiladi.

Boshqa klublar Gvardiolaning qarashlarini o‘zlashtirishga harakat qilishadi. "Biz barcha klublarimizda barqaror bo‘lishga harakat qilamiz", - deydi global tarmoqlarga javobgar futbol direktori Brayan Marvud The Guardian nashriga bergan intervyusida. "Ba’zida odamlar: “Siz bilan ishlasam bo‘ladimi?, deb ham murojaat qilishadi. Men Pep kabi o‘ynay olaman" - Yaxshi, qanday qilib ayting. "Bu 4-3-3." Yo‘q, Pepning uslubi bundan ham yuqoriroq. Ko‘rsatmalar, chiziqlar bo‘ylab intensiv harakat, rang-barang kombinasiyalar, to‘pga egalik qilish, hamma-hammasi bu yerda o‘zgacha".

Buning evaziga CFG klub jihozlarini ham yangilamoqda. Har bir filial shahar standartlariga mos kelishi kerak - ular maxsus qo‘llanmada mustahkamlab qo‘yilgan. Shuning uchun, birinchi navbatda, CFG audit o‘tkazadi - go‘yo mashinani ajratib olib, uni istaklarga ko‘ra qayta yig‘ish kabi jarayondan iborat.

Shayxlar eski bazani ta’mirlaydi yoki yangisini quradi, keng sohalarni qamrab oladi, biznes jarayonlarini qayta boshlaydi va akademiyani modernizasiya qiladi. Yangi klub egalari barcha mayda-chuyda narsalar bilan shug‘ullanadi - ular tibbiyot xonasiga (Melburn) eshiklar kiritishadi yoki klub avtobusini (Montevideo) sotib olishadi. CFG bir tanadagi qon aylanish tizimiga o‘xshaydi, chunki u futbol bilimi va falsafasini butun dunyoga tarqatadi. Xodimlar va shifokorlar doimiy ravishda stajirovkadan o‘tadilar, ular murabbiylarga klub rivojlanishida har tomonlama yordam berishadi: Pepning mashg‘ulotlari videoga yozib olinadi va maxsus ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Ba’zida murabbiy kelib, rahbariyatga turli masalalarda maslahat berishi ham mumkin.

Xoldingning boshqa klublarida vaziyat qanday?

• "Troya" Liga 2da uch mavsumdan so‘ng 1-ligaga qaytdi va bir tur qolganda ikkinchi divizion chempioniga aylandi. O‘tgan mavsumda jamoa elitada qoldi, kombinasiyalar qilishga va qisqa pas orqali himoyadan chiqib ketishga harakat qiladi. Bu yerda Adil Rami o‘ynaydi.

• "Jirona" keyingi mavsumdan La Ligada o‘ynaydi, bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi, jumladan, itlarga stadionga kiritilishga ruxsat beriladi. Klub xolding bilan juda yaqin hamkorlik qiladi: u yerga har yozda Pep va asosiy jamoadan bir nechta yosh iqtidor egalari kelishadi.

• "Nyu-York Siti" sobiq yulduz futbolchilarga makon hisoblanadi, Frenk Lempard, David Vilya, Andrea Pirlo bu yerda faoliyatiga yakun yasagan. Endi klub MLS xaritasida muhim kuch bo‘lib qolmoqda.

• “Melburn Siti” Avstraliya chempionatining yetakchilaridan biri sanaladi. “Montevideo Siti” esa so‘nggi ikki yil davomida Urugvay birinchi ligasida barqaror o‘ynab kelmoqda.

Endi imperiyaning Italiyada o‘z klubi bo‘ladi. Futbol geografiyasi shu orqali kengayib bormoqda.

Kiritildi: 06:09, 05.07.2022.
O'qildi: 2025 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.