Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Rafinya "Barselona" bilan AQSH turnesiga borish uchun barcha hujjatlarni tayyorlab qo‘ygan

Rafinya "Barselona" bilan AQSH turnesiga borish uchun barcha hujjatlarni tayyorlab qo‘ygan

Baho:
+ | -

Rac1 xabariga ko‘ra, "Lids" hujumchisi Rafinya 13 iyul kuni "Barselona"ga o‘tadi.

Manbaning xabariga ko‘ra, braziliyalik hujumchi mavsumoldi AQSHda bo‘lib o‘tadigan turneda Kataloniya klubi bilan sayohat qilish uchun barcha kerakli hujjatlarni tayyorlab qo‘ygan.

Oldinroq "Lids" hujumchi Rafinya transferi bo‘yicha "Barselona"dan tushgan taklifni qabul qilgani haqida xabar berilgandi. Hujumchi Kataloniya klubi bilan 2027 yilgacha mo‘ljallangan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. 25 yoshli braziliyalikning transferi bo‘yicha muzokaralar so‘nggi bosqichda.

Rafinya o‘tgan mavsumda "Lids" safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Hujumchining ingliz klubi bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 04:48, 13.07.2022.
O'qildi: 2924 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.