Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

"Bunyodkor" bugun Belarus klubiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazadi

"Bunyodkor" bugun Belarus klubiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Belarus poytaxti Minsk shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan "Bunyodkor" bugun ilk sinov-nazorat o‘yinida maydonga tushadi.

Raqib barchamizga tanish, Belarus chempionati peshqadamlaridan biri – "Energetik BGU" jamoasi. Ma’lumki, Pavel Rodnyonok murabbiyligidagi raqib safida to‘rt nafar o‘zbekistonlik to‘p suradi. Bular - Shohruh Abdurahmonov, Bobur Abduxoliqov, Abduqodir Xusanov va Abbos Jumaqulov. Ahamiyatlisi, Abduqodir Xusanov bilan Abbos Jumaqulovning O‘zbekistondagi so‘nggi jamoasi "Bunyodkor". Xusanov "qaldirg‘ochlar" tarbiyalanuvchisi ekanligini e’tirof etish joiz.

"Energetik BGU" mavsumni ko‘tarinki ruhda o‘tkazmoqda. Ortda qolgan 14 ta turning 8 tasida g‘alaba qozonib, 2 ta bahsda durang o‘ynagan Pavel Petrovich shogirdlari 28 ta ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa hujumchisi o‘zbekistonlik Bobur Abduxoliqov esa, nafaqat "Energetik BGU"ni, balki chempionatning ham to‘purari hisoblanadi. Uning hisobida 14 ta gol bor.

1995 yil tashkil topgan "Energetik BGU" Belarus oliy ligasida 2019 yilga kelib "paydo" bo‘ldi. Uzoq yillar quyi ligalarda ishtirok etgan jamoa oliy ligadagi ilk mavsumini 12-o‘rinda yakunladi. 2020 yilgi mavsum esa jamoa ikki pog‘ona yuqoriladi – 10-o‘rin. Ammo bugungi raqibimiz uchun 2021 yilgi mavsum omadsiz keldi. "Energetik BGU" finishga 13-o‘rinda yetib keldi. Lekin ta’kidlaganimizdek, Pavel Rodnyonok jamoasi 2022 yilgi mavsumni ajoyib ruhda o‘tkazmoqda.

Bugungi bahs "Minsk" sport majmuasida o‘tkaziladi. O‘yin mahalliy vaqt bilan 15:00 da (Toshkent vaqti bilan 17:00) start oladi. Uchrashuv "Bunyodkor TV" orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 14:19, 16.07.2022.
O'qildi: 1797 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.