Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Kutilmaganda shikastlangan futbolchilar

Kutilmaganda shikastlangan futbolchilar

Baho:
+ | -

2021 yilning oktyabrida «Lion» yulduzi Lukas Paketa bir necha soatga jahonning eng mashhur futbolchisiga aylandi.

Braziliya termasi safida o‘yin o‘tkazganidan keyin 40 soat o‘tib, Fransiya chempionati doirasida «Monako» libosida maydonga tushdi - shunchaki, oddiy harakatlar bilan cheklanmay, ajoyib paslari evaziga muxlislarga quvonch bag‘ishladi. O‘sha bahsdan keyin Tyerri Anri Lukasni Liga 1dagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri sifatida e’tirof etdi. Paketani «PSJ» va «Nyukasl» kuzata boshladi - ayniqsa, angliyaliklar «sehrgar» futbolchi uchun o‘zlari uchun rekord summa - 50 mln. yevro to‘lashga tayyorlar. Yangi chorlovlar ishtiyoqidagi Lukas yevrokuboklarsiz vaqt o‘tkazmoqchi emas.

Endi aynan shu futbolchi yoqimsiz holat tufayli yana mashhurlikka erishdi: varrak uchirayotgan paytda noto‘g‘ri harakat qilgani tufayli barmog‘ini shikastlab, operasiyani boshdan kechirdi. «Bolalar o‘yinlari ham sog‘lig‘ingiz uchun xavfli bo‘lishi mumkinligini unutmang. Har doim o‘zingizni asrang», - dedi Paketa. Lukas shu hafta mashg‘ulotlarga qaytmoqchi, ammo yangi klubida unga xavfli o‘yinchoq berishmasa kerak. Bu so‘nggi payt­larda kuzatilgan eng g‘alati jarohatlanish hisoblanadi. Quyida esa shunga o‘xshash bir nechta holatni yodga olamiz.

Mark Shelton va quloq tozalagich
Joriy yilning aprelida «Xartlpul» a’zosi Mark Shelton qulog‘iga cho‘p kirib ketishi oqibatida o‘yinni o‘tkazib yubordi. U hattoki, shifoxonaga ham bordi. Futbolchi krovatdan turolmagan, muntazam bosh aylanishidan aziyat chekkan. Xavotir olmang - shifokorga uchraganidan so‘ng muammo hal bo‘ldi, ammo endi paxtali quloq tozalagichdan foydalanmasa kerak.

Santyago Kanisares va soqol olish idishi
Mahoratli posbon aynan shu jarohat sababli JCH-2022ni o‘tkazib yuborgan, aslida termaning asosiy darvozaboni bo‘lishi kutilgandi. Kanisares soqol olish uchun mo‘ljallangan losyon idishining yerga tushmasligi uchun oyog‘ini qo‘ygandi, xolos. Oqibatda esa shisha siniqlari tovonini shikastladi va uyda qolishiga to‘g‘ri keldi.

Ever Banega va qo‘l tormozi
Yoqilg‘i quyish maqsadida to‘xtagan futbolchi avtomobilining qo‘l tormozini ishlatishni esdan chiqardi. Natijada, Banega mashinadan tushganida, u yurib ketib, oyog‘ini bosdi. Ever ilik suyaklarining lat yeyishi sababli operasiya qilindi va qariyb yarim yilni maydon chetida o‘tkazdi.

Darius Vassell va drel
Angliya termasining sobiq hujumchisi - misoli o‘ziga dushman. Barmog‘i terisi shilinganidan keyin shifokorga uchrash o‘rniga, elektr dreldan foydalanishni ma’qul ko‘rdi. Vassell niyatiga yetdi, biroq yaraga infeksiya yuqtirib oldi. Oxir-oqibat keyingi bir nechta o‘yinlarni tribunadan kuzatishga majbur bo‘ldi.

Karles Buskets va dazmol
Bu darvozabon hech qachon «Barselona»da asosiy posbon vazifasini bajarmagan - o‘rtamiyona reaksiyasi sabab u haqda hazillar yangrardi. Ammo Karles kerakli paytda jamoasi joniga oro kirgan: bir safar o‘g‘lining ustiga qulayotgan dazvolni ushlab qolgan. Garchi qo‘lini kuydirgan bo‘lsada, zurriyodini asragan. 

Alessandro Nesta va PlayStation
Andrea Pirlo kompyuter o‘yinlarini o‘ynab, keyin jahon chempionligiga erishgan bo‘lsa, afsonaviylik bo‘yicha undan qolishmaydigan Alessandro Nesta rohat o‘rniga barmoqlarini jarohatlab oldi. Keyinroq u mashg‘ulotda shikastlanganini aytdi. Afsuski, hech kim bunga ishonmadi.

Liam Lourens va it
«Stok»ning badjahl xavbeki oqshom payti uyidan chiqayotib, zinada bexos kuchukni bosib oldi va to‘pig‘ini shikastladi. Umuman, Lourens ayni holatga tushgan yagona futbolchi emas. Bir safar yarim himoyachi Darren Barnard sevimli itiga urilib yiqilishi oqibatida tizza paylari jarohatlangandi.

Leonid Sluskiy va mushuk
Rossiya futbolidagi qadimiy voqealardan biri: «Men o‘rtamiyona futbolchi edim. Ke­yin fantastik hodisa ro‘y berdi. Bir kuni qo‘shni ayol eshik qoqib, mushugini daraxtdan olib tushib berishimni so‘rab, iltimos qildi. Daraxtga chiqishim faoliyatim yakuniga sabab bo‘ldi. Lekin o‘sha mushuk hamon tirik».

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:56, 16.07.2022.
O'qildi: 5284 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.