Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Qimmatga tushgan «sayr»

Qimmatga tushgan «sayr»

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

«Guarani» klubi Paragvay chempionati oltin medalini o‘ta kulgili va alamli tarzda qo‘ldan chiqardi. Bunda jamoa darvozabonining ortiqcha xatti-harakati qimmatga tushdi. U hal qiluvchi uchrashuv yakunida maydonning raqibga tegishli hududiga chiqdi va... Nega, o‘zi nima bo‘ldi? Quyidagi maqolada shu voqea tafsilotlariga alohida to‘xtalamiz...

Paragvay chempionatining navbatdagi mavsumi chindan ham, odamni aqldan ozdiradigan holatda yakunlandi. «Serro Portenyo» klubi oxirgi tur oldidan «Gua­rani»dan 2 ochko oldinda edi va hal qiluvchi bahsda aynan asosiy raqib maydonida mehmon bo‘ldi. O‘yinning asosiy voqealari: 

*** «Serro» futbolchilaridan biri 15-daqiqadayoq qizil kartochka oldi va jamoa maydonda ozchilik bo‘lib qoldi.

*** «Guarani» 90-daqiqada ham 2:0 hisobida oldinda borayotgandi. Chempionlik har qachongidan ham yaqin. Mezbonlarni oltin marradan hakam qo‘shib bergan 6 daqiqa ajratib turardi.

*** «Guarani» futbolchilaridan biri jarohatlanib, maydondan chiqib ketdi. Biroq mezbon jamoa darvozaboni maydonning ikkinchi yarmiga borib, uni sudragancha ortga qaytardi - maqsad vaqtdan yutish. Buning oqibatida futbolchilar o‘rtasida tortishuv yuzaga keldi.

*** Hakam yakunda darvozabonni ham, jarohatlangan futbolchini ham sportchilarga xos bo‘lmagan xatti-harakat uchun maydondan chetlashtirdi. Xullas, «Guarani» 9 kishi bilan qoldi, boz ustiga, zaxira im-koniya­ti tugagandi va darvozaga maydon o‘yinchilaridan biri turdi.

*** «Serro» 90+9 va 90+11-daqiqalarda 2ta gol urdi.

*** 2:2 va «Serro» chempion! Shunchaki, aqlni shoshiradigan yakun.

*** «Serro Portenyo» o‘zining «Tvitter»dagi sahifasida allaqachon so‘nggi daqiqalar, soniyalar va ikkinchi gol muallifini abadiylashtirishga ulgurdi.

*** «Guarani» oxirgi marta 2016 yili (Klausura), «Serro» esa 2017 yili (Klau­sura) chempionlikni nishonlagandi. Endi amaldagi chempionda 34ta oltin medal bor. To‘g‘ri, Paragvay rekordchisi «Olimpiya» hali ancha uzoqda - bu klub 45 karra chempion!

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:00, 17.07.2022.
O'qildi: 4495 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик