Himoyachi Jorjio Kyellini "Los-Anjeles"dagi debyutidagi his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi. Garet Beyl bilan birgalikda ular birinchi marta Amerika jamoasida o‘ynashdi.
“Har daqiqada o‘zimni yaxshi his qilardim. Jamoadoshlarim menga juda ko‘p yordam berishdi", - deya Kyellini so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.
13 iyun kuni "Los-Anjeles" rasmiy saytida Kyellinining transferi haqida e’lon qildi. Futbolchi Amerika klubi bilan 2023 yil oxirigacha shartnoma imzoladi.