“MYU”ning yangi futbolchisi Lisandro Martines turli pozisiyalarda, jumladan, himoya zonasida ham o‘ynadi. Ammo ko‘pincha Erik "Ayaks” himoya markazida argentinalikdan foydalangan. Maguayr hamon sardor ekanligini hisobga olsak, ikki hujumkor himoyachi asosiy tarkibda maydonga tushishi ehtimoli bor.
Avvalroq Van Gal tarkibni faol ravishda kuchaytirgan edi, biroq buyukligi ser Aleks Fergyusonning davrida qolib ketgan "Manchester Yunayted"ga yangi futbolchilar qay darajada mos kelishi haqida o‘ylamagandi. Di Mariya, Falkao yoki Shvaynshtayger “MYU”ni chempion qilolmas edi.
Odatdagidek, gollandiyalik murabbiylar transfer qilishni yoqtirishadi, ammo yangi futbolchilar har doim ham ish beravermaydi. Aytgancha, Van Gal haqida. Gollandiyalik murabbiy Timberning transferiga to‘sqinlik qilganga o‘xshaydi. Ten Xag dastlab gollandiyalik himoyachini jamoaga jalb qilishga urindi. Ammo futbolchi “Ayaks”da qolishini aytdi.
Lui Timberga muntazam o‘yin amaliyoti bo‘lmasa, jahon chempionatisiz qolib ketishini aytgan. Uning raqobatchilar esa Van Deyk va De Ligt bo‘lgani uchun 21 yoshli himoyachining qarorini tushunish mumkin. Shuningdek, Lisandro Martinesga Premyer-ligadan qiziqishlar bo‘ldi. Uni “Arsenal”ga chaqirishdi, biroq argentinalik o‘zi birga ishlagan murabbiyni tanladi. Erik, shuningdek, “Feynoord”dan Malasiya bilan shartnoma imzoladi.
Martines "Manchester Yunayted"da ajralib turadi
Qalta bo‘yli markaziy himoyachi Premyer-ligada ildiz otishi mumkin, lekin tajriba ham kerak. Lisandro bor-yo‘g‘i 24 yoshda, xalqaro tajribaga ega emas - u zaxirada o‘tirgan holda rasman Amerika kubogini qo‘lga kiritdi. Bungacha “Manchester Siti”da o‘ynagan Otamendi termada asosiy tarkib futbolchisi bo‘lgan. Futbolchilarni taqqoslash mumkin, ammo Lisandro ko‘pincha o‘ziga yetishmaydigan jismoniy kuchni, futbolni yaxshi o‘qiy olishi va aqli bilan qoplaydi.
Ten Xag bo‘yi 175 santimetr bo‘lgan yigitni asosiy tarkibda tushirishi noma’lum. Lisandro Maguayrni zaxira o‘rindig‘iga o‘tqazsa, "Manchester Yunayted" muxlislari xursand bo‘lishadimi? Erik Garrini muhim futbolchi deb hisoblaydi, ishonish qiyin.
Martinesning o‘zi ajoyib futbolchi. Noodatiy markaziy himoyachi, to‘p bilan mukammal ishlay oladi. Manchester ham qiziqqan Laimer kabi qarorlar qabul qiladi. Ammo "Yunayted"da Pogba o‘zini ko‘rsata olmadi va Polni sxemaga kiritish Lisandro yoki Konraddan ko‘ra osonroq.
Eriksenning mustahkam poydevorda o‘rni yo‘q
Kristian nima uchun “Manchester Yunayted”ni tanlagani aniq. Daniyalik ten Xag bilan "Ayaks"da birga ishlagan. Eriksen Premyer-liganing deyarli har qanday klubining maydon markazini kuchaytiradi, u avtonom futbolchi. Bunday futbolchilar golli vaziyat yaratishga usta bo‘ladi. Ammo Kontening "Inter"dagi sxemalarida daniyalik uchun qanchalik qiyin bo‘lganini eslang. U o‘zining foydali ekanligini darhol isbotlamadi, u juda ko‘p o‘yinda zahirada qoldi. "Brentford"da esa u yetakchi edi, "Manchester Yunayted"da boshqacha bo‘ladi. “Qizil iblislar”ning o‘z yetakchilari bor.
Eriksen qisman Brunoga o‘xshaydi. Ten Xag "Chelsi", "Liverpul" va "Manchester Siti"ning ustunligiga tupurib, o‘jarlik bilan "Manchester Yunayted" maydonining markazini "Ayaks" filialiga aylantiradigan vaziyatni tasavvur qilish qiyin. Tayanchda Martines oldinroqda esa, Bruno va Eriksen o‘ynasa, jamoa bosimga dosh bera oladimi? Mana shu savol bor. Uning ustiga hujum chizig‘ida pressing uyushtirishni istamaydigan Ronaldu va Sancho bo‘lsa. Bunday holatda ten Xag katta ehtimol har tomonlama yutqazadi. Garchi, Berghuisni “Ayaks”da himoyaviy o‘yinga o‘rgatgan bo‘lsada. Eriksen va Bruno tizimli futbolchilar sirasiga kirmaydi. Uning ustiga ularni himoyaviy o‘yinda deyarli ko‘rmaganmiz.
Hali ham hujumchi yetishmayapti
Ronalduning jamoada qolishi Xagning muammosi bo‘lishi mumkin. Balki Krishtianusiz “Manchester Yunayted” yanada qiziqarliroq bo‘lar. To‘g‘rirog‘i, faxriysiz va yangi markaziy hujumchi bilan. Ronaldu yag‘inga bormadi. Mashg‘ulotlarni ham birin-ketin o‘tkazib yubormoqda. U o‘ziga yangi jamoa izlayotgani shubhasiz. Ammo uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan grand jamoalar topilmayapti. Hatto Saudiya Arabistoni shahzodalari ham Portugaliya afsonasiga 250 million yevrolik maosh taklif qilishganini rad etdi.
“Manchester Yunayted” esa yangi futbolchilarni kutmoqda. Murabbiy de Yongni ishontirishi mumkin. Ammo Frenki ham xuddi De Ligt kabi "Bavariya"ga o‘tishni xohlashi turgan gap, chunki ular u yerda sovrinlarga ancha yaqinroq bo‘ladi. Ammo markaziy hujumchi haqida bir og‘iz so‘z ham yo‘q va bu tashvishli. Ronaldu markazda, Reshford chap tomonda, Sancho esa odatdagi joyida qolishi mumkin. Shuningdek, De Yong va Martines markazda Fernandesni qo‘llab-quvvatlashi e’htimoldan holi emas. Bunday kompozisiya, agar Varan va Maguayr o‘tgan mavsumdagidek “qovun tushiravermasa” o‘zini oqlashi mumkin. Ten Xag "Manchester Yunayted"ni yakunlangan mavsumga qaraganda kuchaytirishi aniq. Chunki o‘sha “MYU”dan yomonroq o‘yin namoyish etish qiyin.
Ammo yulduz futbolchilar Yevropa ligasida o‘ynaydigan jamoaga qo‘shilishni istayverishmaydi. Hozirgacha ten Xag Erediviziondan ikki yigitni yaxshi aloqalar tufayli olib kela oldi, ammo de Yong kelishni istamayapti va Ronaldu hamon "Manchester Yunayted"dan ketish yo‘lini qidirmoqda. Vaziyat yoqimsiz. Krishtianusiz zudlik bilan hujumchi sotib olish kerak, chunki asosiy hujumchilar sifatida Marsiyal va Refshordga ko‘z tikish g‘alati bo‘ladi. Ular katta o‘yinlarda ko‘pincha yo‘qolib qolishadi. Markus esa avvalgidek yorqin o‘yin ko‘rsata olmayapti. Nomlar bo‘lishiga qaramay “MYU”da markaziy himoya va hujum chizig‘i nisbatan zaifroq ko‘rinmoqda.
“MYU” nima qilayotganini bilarmikin. To‘g‘ri ten Xag yaxshi murabbiy. U o‘z shogirdlariga ishonmoqda. Malasiya, Eriksen, de Yong va Martines Niderlandiya chempionati tarbiyalanuvchilari. Murabbiyning faolligi “MYU”ga ma’qul kelayotgan bo‘lishi mumkin. De Yong transferini hal qilish ham Erikka bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Ammo klub sport direktori uyquda. U biror transferda jonbozlik ko‘satgani yo‘q. Hatto Ronaldu kabi futbolchini sotish ham qo‘lidan kelmayati.