“Napoli” himoyachisi Sebastyano Luperto “Empoli”ga o‘tdi, deya xabar beradi klub rasmiy sayti.
25 yoshli italiyalik bilan ijara shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Luperto o‘tgan mavsumni ham "Empoli"da ijarada o‘tkazdi. A Seriyada 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.