"Barselona" himoyachisi Mussa Vage Xorvatiyaning "Gorisa" klubiga ko‘chib o‘tdi, deb xabar beradi klub rasmiy sayti.
23 yoshli senegallik futbolchi bilan ijara shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
O‘tgan mavsumda Vage 2020 yil oxirida olgan og‘ir jarohati tufayli birorta ham o‘yinda maydonga tushmadi.