“Yuventus” yarim himoyachi Filippo Ranokkiya bilan shartnomani uzaytirdi, deya xabar beradi klub sayti.
21 yoshli yarim himoyachining turinliklar bilan yangi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.
Yarim himoyachi o‘tgan mavsumni Italiya B seriyasida o‘ynaydigan "Vichensa"da ijara asosida o‘tkazdi.
U barcha musobaqalarda 32 uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.