Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina 2-1 Monsa
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

O‘zPFL klublarning formalariga qay darajada aralashadi?

O‘zPFL klublarning formalariga qay darajada aralashadi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zini yaxshi anglab yetmagan odam uning (yoki o‘zganing) har qanday hatti-harakati regulyator tomonidan tartibga solishini istaydi va oqibatda bu bilan o‘z erkinliklarini, tanlov huquqini qisman cheklab boraveradi. Normal jamiyatlarda esa insonning bu huquqlari cheklab qo‘yilmagan.

Bu fikrlarni nega aytyapman? O‘zbekiston futbol klublarida aniq bir uy libosining mavjud emasligi masalasi yana ko‘tarildi. Ha, to‘g‘ri, ko‘plab klublar o‘z qadriyatlariga ega emas. Muxlislar bilan ishlash, an’analarga sodiqlik kabi tushunchalar parchalanib ketgandek. Biroq bu masalalarning O‘zPFL tomonidan tartibga solinishi kerak deb hisoblanishi to‘g‘ri emas. Bu bilan biz klublarning tanlov huquqiga aralashgan bo‘lamiz. Hamma narsani tartibga solishga bo‘lgan intilish — absurd. Buning cheki yo‘q. Biz keyinchalik klubning qayerda mashg‘ulot o‘tkazishi, mashg‘ulotda nima kiyishi, qayerga borishi yoki bormasligi, Toshkentdan Xorazmga nimada borishi va qanday borishi, yo‘lda nima yeyishi va hokazolarini ham tartibga solishimizga to‘g‘ri kelmasligi kerak. Agar siz o‘zganing huquqlarini poymol qilmayotgan bo‘lsangiz, konstitusiyaga zid harakat sodir etmayotgan bo‘lsangiz — qanday kiyinishni, nima ko‘rishni, qayerda ishlash, o‘qish va hokazolarni o‘zingiz uchun o‘zingiz belgilashingiz kerak. Klublar ham shunday. O‘zPFL mana shu klublarning chempionatda qanday o‘ynashi, qancha futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishi, qaydnomaga qancha kiritishi, o‘yin oldi, o‘yin vaqti va undan keyin nimalar qilishi kerakligi kabi masalalarni tartibga solib beradi. Libos masalasiga kelsak, formaning qayerida raqam bo‘lishi, uning kattaligi, logotipi qanday bo‘lishi, forma minimum necha xil bo‘lishi, formaning qaysi qismlari liga homiylari uchun ajratilishi kerakligini tartibga solamiz. Qolgan nuqtalarni qanday bezashni klubning o‘zi hal qiladi, bunda bezash qolgan homiylar reklamasiga halal bermasligi kerak.  

Qadriyatning bo‘lishi yaxshi, yosh futbolchining o‘sishida, muxlisning jamoaga yaqinligida va qolgan masalalarda bu muhim. Biroq bizda klub aksar holatlarda aniq bir shaxsning yoki shaxslarning xohish-istaklarinigina o‘zida ifoda etadi, shunisi yomon. Klub tarixini, shakllanib borayotgan an’analarini, muxlislar istaklari yoki talablarini inobatga olish, ularga quloq tutish kabi masalalar ikkinchi darajaga o‘tib qoladi. Chunki klubga biriktirilgan homiy bor, bunday holatda klub chipta sotuvidan tushayotgan daromadga zoriqib qolmaydi, zoriqmagach, muxlislar tashrifi masalasi ustida ishlanmaydi ham. Bularning barchasi noto‘g‘ri yo‘nalish.

Mavsum avvalida har bir jamoa O‘zPFLga uy libosi hamda safar libosini taqdim etadi. Shu asosda jamoalar o‘zaro o‘yinlar oldidan kim qanday formada o‘ynashi masalasini kelishib oladi. Kelisholmagan taqdirida O‘zPFL bunga aralashadi. Chunki avvallari reglament bo‘yicha mezbon jamoa bunday holatda o‘z libosini o‘zgartirgan. Biz esa uy jamoasi muxlislari oldida o‘zi uchun qadrdon libosda maydonga tushishini ta’minlash maqsadida tanlov imkoniyatini mezbonlarga berganmiz. Shunday huquqni mezbonlarga berganimizdan keyin ham ular bundan foydalanmasa, biz endi majburlash yo‘liga o‘tmaymiz va o‘tishni istamaymiz ham.

Shunday murabbiylar bor, ular g‘alati karmalarga juda ishonadi. Agar jamoasi biror uchrashuvda oq libosida g‘olib chiqsa, keyingi o‘yinda ham shu libosda maydonga tushishini shart deb biladi (shu bilangina g‘olib chiqish mumkin bo‘lganida aslida uning jamoasi allaqachon Chempionlar ligasida g‘olib chiqishi kerak edi). Xullas, kulguli holatlar ko‘p. Agar murabbiy shuni istasa, klub shunga ko‘nadi (murabbiy xohish istaklari bizda cheksiz, istasa forma rangini bemalol o‘zgartirib yuboradi). Shundan kelib chiqib, klub ham mas’uliyatni his qilishi, o‘z qadriyatlarini hurmat qilishi kerak. Klubning ayrim masalalarda ishlamayotgani shu masalada O‘zPFL ishlashi shart degani emas. Qo‘pol qilib aytganda, biz jamoaning futbolkasiz maydonga tushmasligi, shortik kiyib o‘ynashi, getrasiz, qalqonsiz o‘ynamasligini hal qilamiz. Qolgani esa g‘alati. Axir bizda shundoq ham kimning qanday kiyinishi, kalta kiyishi kerakmi yoki uzun kiyishi kerakmi, ro‘mol o‘rashi kerakmi yoki o‘ramasligi kerakmi kabi masalalarga aralashadiganlar tiqilib yotibdi. Normal jamiyatlarda esa insonning tanlov huquqi hurmat qilinishi kerak.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 22:54, 24.07.2022.
O'qildi: 1627 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.