Kirish Ro'yxatdan o'tish

Belyerinning vakillari "Arsenal" bilan muzokara olib bormoqda

Belyerinning vakillari "Arsenal" bilan muzokara olib bormoqda

Baho:
+ | -

Himoyachi Ektor Belyerinning vakillari "Arsenal" bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb xabar beradi ABC de Sevilla.

Ispaniyalik futbolchi shartnoma bo‘yicha qolgan yil uchun to‘liq maoshidan voz kechishga tayyorligini bildirdi va buning evaziga "Arsenal" uni erkin agent sifatida qo‘yib yuborishi kerak.

Belyerin o‘tgan mavsumni “Betis”da ijara asosida o‘tkazgan edi. Biroq ispan klubi Ektorni sotib olishga qurbi yetmadi, natijada u Londonga qaytdi va Mikel Arteta jamoasi bilan yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rishga majbur bo‘ldi.

"Betis"dan tashqari, 27 yoshli Belyerin o‘z faoliyatini davom ettirish uchun boshqa variantlarni, jumladan "Atletiko Madrid"ni ham ko‘rib chiqmoqda.

2021/22 yilgi mavsumda futbolchi ispan klubi safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 08:35, 02.08.2022.
O'qildi: 1060 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик