Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Nissa 1-0 Gavr
11/05 00:00 Brest 1-1 Reyms
11/05 00:00 Alaves 2-2 Jirona
11/05 16:30 Fulhem 0-4 Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka 1-0 Las-Palmas
11/05 19:00 Olimpik 1-2 Paxtakor
11/05 19:00 Metallurg 0-0 Qizilqum
11/05 19:00 Vulverhempton 1-3 Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut 1-2 Brentford
11/05 19:00 Everton 1-0 Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl 1-1 Brayton
11/05 19:00 Tottenhem 2-1 Byornli
11/05 19:00 Vest Xem 3-1 Luton
11/05 19:15 Vilyarreal 3-2 Sevilya
11/05 21:00 Napoli 0-2 Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest 2-3 Chelsi
11/05 21:30 Granada 0-4 Real Madrid
11/05 23:45 Milan 5-1 Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio 2-0 Empoli
12/05 17:00 Kadis - Xetafe
12/05 18:00 Jenoa - Sassuolo
12/05 18:00 Verona - Torino
12/05 19:15 Atletiko - Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted - Arsenal
12/05 21:00 Yuventus - Salernitana
12/05 21:30 Valensiya - Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta - Roma
13/05 00:00 Strasbur - Mets
13/05 00:00 Klermon - Lion
13/05 00:00 Nant - Lill
13/05 00:00 Monpelye - Monako
13/05 00:00 PSJ - Tuluza
13/05 00:00 Renn - Lans
13/05 00:00 Marsel - Loryan
13/05 00:00 Betis - Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad

Angliya va Ispaniyaning eng irodali jamoalari

Angliya va Ispaniyaning eng irodali jamoalari

Baho:
+ | -

Angliya va Ispaniyada oxirgi 10 mavsumdagi eng irodali jamoalarga to‘xtalib o‘tamiz. Qisqacha eslatma, chempionatlarning eng irodali klublari o‘yinlarda hisobda ortda bora turib, yakunda qo‘lga kiritilgan ochkolar soniga qarab aniqlangan.

ANGLIYA

APLda iroda evaziga qo‘lga kiritilgan ochkolar soni bo‘yicha yaqqol yetakchi bor - «Tottenxem». «Shporlar» oxirgi 10 mavsum badaliga hisobda ortda borilgan o‘yinlar yakunida jami 162 ochko to‘plashdi. Qolaversa, London drujinasi bu oraliqda 2 marta mavsumning eng irodali ishtirokchisi bo‘ldi. Aniqroq aytsak, «Tottenxem» 2013|2014 va 2015|2016 yillar mavsumlarida iroda evaziga tortib olingan ochkolar soni bo‘yicha eng yaxshi natija ko‘rsatdi. Qolaversa, bu jamoa oxirgi 10 yilda irodali ochkolar reytingida biror marta 7-o‘rindan pastga tushgani yo‘q. «Shporlar» bu borada o‘ta bar­qarorlar: 2-1-2-1-2-5-7-4-6-4-o‘rinlar. Fakt: «Tottenxem» Yevropaning kuchli 5ta ligasida oxirgi 10 mavsumning har birida iroda evaziga 10ta yoki ko‘proq ochko ishlagan yagona jamoadir! 

«Liverpul» esa yutqazib turilgan o‘yinlarda iroda evaziga olingan ochkolarning o‘rtacha soni (1,13ta) bo‘yicha mutlaq yetakchi. Angliyada avvaliga gol qo‘yib yuborilgan o‘yinlar yakunida tortib olingan ochkolarning o‘rtacha miqdorini 1tadan oshirgan boshqa biror klub yo‘q. Yana bir rekord natija aynan Yurgen Klopp jamoasiga tegishli - «qizillar» Yevropaning kuchli 5ta ligasida oxirgi 10 mavsum badaliga irodali ochkolarning o‘rtacha soni bo‘yicha peshqadamlar. Bu borada ularning eng yuqori natijalari APL-2018|2019ga to‘g‘ri keladi: jami 7ta o‘yinda hisobda ortda bora turib, 5ta g‘alaba, 1tadan durang va mag‘lubiyat qayd etishdi. Oddiy aytganda, Klopp jamoasi o‘sha mavsum 7ta bahsda o‘rtacha hisobda 2,29tadan irodali ochko ishladi. Ha, «Liverpul» APL­ning 38ta turi davomida 7ta uchrashuvdagina hisobda ortda bordi, lekin bu kuchli jamoa­lar uchun odatiy hol. Deylik, «Manchester Siti», «Bavariya» va «PSJ» kabi grandlarda bunaqasi tez-tez kuzatiladi. 

APL antirekordiga kelsak, «Norvich» mavsum-2019|2020da naq 27ta o‘yinda hisobda ortda borayotib, ularning birortasida loaqal 1 ochko olmadi. Yana «MYU»ni alohida aytish kerak. Birinchidan, «qizil iblislar» ikki marta mavsum yakuniga ko‘ra, irodali ochkolar soni bo‘yicha 1-o‘rinni egallashdi (mavsum-2012|2013da 29 ochko va mavsum-2020|2021da 31 ochko). Ikkinchidan, jamoaning bu natijalari bir mavsumdagi ochkolar soni bo‘yicha 1-2-ko‘rsatkichlardir. Xususan, 31ta irodali ochko - butun Yevropa (albatta, kuchli 5ta liga) uchun rekord. «MYU» o‘sha mavsum jami 17ta o‘yinda hisobda ortda qolib, ularning 10tasini g‘alaba va yana 1tasini durang natija bilan yakunladi. 

 

ISPANIYA

Irodali ochkolarning umumiy miqdori bo‘yicha Yevropaning kuchli 5ta ligasi yetakchisi aynan Ispaniyadan - «Barselona». Kataloniyaliklar oxirgi 10 mavsumda hisobda ortda borilgan o‘yinlar yakunida jami 172 ochko ishlashdi. Qolaversa, «Barsa» omadsiz rivojlangan o‘yinlarda qo‘lga kiritilgan ochkolarning o‘rtacha miqdori bo‘yicha Ispaniya yetakchisidir. Jamoaning bu boradagi ko‘rsatkichi 1,41 ochkoga teng. 1ta mavsumga to‘g‘ri keladigan irodali g‘alabalar soni (o‘rtacha 4ta) ham «Barselona»da ko‘proq va bu mantiqan to‘g‘ri. Ha, «Real» har bir band bo‘yicha u qadar ortda qolayotgani yo‘q. «Atletiko» esa «Real» va «Barselona»ga nisbatan kamroq o‘yinlarda hisobda ortda qolgan. Diqqat, kamtarin «Levante» iroda reytingida kuchli 5talikdan joy oldi - fantastika. Ha, bu jamoa tez-tez hisobda ortda qoladi. Raqamlarda aytsak, «Levante» 219ta holatda quvuvchi rolini bajargan. Boz ustiga, 10 emas, balki 9 mavsumda. Chunonchi, «Levante» 2015|2016 yillar mavsumida Segundaga tushib ketgandi. Yana bir e’tiborni tortadigan fakt: «Levante» La Liga-2020|2021da yutqazib turilgan o‘yinlar yakunida 21 ochko olib, chempionatning eng irodali jamoasiga aylandi. 

Yana bir mini-sensasiya - bu «Malaga»-2016|2017ning 23ta irodali ochkosi. Oxirgi 10 yilga qarasak, atigi 3ta jamoa bir mavsumda bundan ko‘proq irodali ochko olgan. Eng qizig‘i, hammasi mavsum-2012|2013da: «Barselona» va «Real» (25tadan) va «Real Sosyedad» (24ta). Shu o‘rinda qo‘shimcha ma’lumot: «Malaga» ham, «Levante» ham mo‘’jizaviy iroda namoyishidan keyin navbatdagi mavsumda La Liga bilan xayrlashgan. Eng katta xafagarchilik «Vilyarreal» bilan bog‘liq. Ispaniya chempionatida o‘z o‘rniga ega bu jamoa irodali ochkolar miqdori bo‘yicha yuqori 10talikda ham emas - atigi 13-o‘rin. Boz ustiga, «sariq suvosti kemasi» biror mavsumda iroda evaziga 12tadan ko‘p ochko jamg‘armagan, umuman, bu borada 10 ball marrasiga atigi 2 bora yetgan, xolos. «Vilyarreal» tahlil uchun olingan davrda xuddi «Levante» kabi bir mavsum (2012|2013)ni Segundada o‘tkazdi, biroq iroda ko‘rsatish masalasida o‘zini sira namoyon etolmadi. Umuman, muntazam ravishda yevrokuboklarda ishtirok etadigan jamoalarga qarasak, irodali ochkolar soni bo‘yicha eng past natijalardan biri aynan «Vilyarreal»ga tegishli. 

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:00, 03.08.2022.
O'qildi: 4551 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.