Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Zelinski Neapoldan ketmoqchi emas

Zelinski Neapoldan ketmoqchi emas

Baho:
+ | -

"Napoli" yarim himoyachisi Piotr Zelinski yozda jamoani tark etishni istamayapti, deya xabar beradi Calciomercato.

Manbaga ko‘ra, "Vest Xem" polshalik futbolchini sotib olmoqchi bo‘lgan, ammo kelishuv amalga oshmagan. Shuningdek, "Lasio" 28 yoshli futbolchiga da’vogarlik qilmoqda. Biroq, agar unga sezilarli darajada yuqori maosh taklif qilinmasa, u "Napoli"da qolishni afzal ko‘radi.

Oldinroq Zelinski APL turnir jadvalining o‘rtasida joylashgan klubda o‘ynashni istamagani uchun "Vest Xem"ga o‘tishdan bosh tortgani haqida xabar berilgandi.

Piotr "Napoli"da 2016 yilning avgustidan beri to‘p tepadi. Futbolchi o‘tgan mavsumda jamoasi safida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Polyakning italyan klubi bilan shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Kiritildi: 05:02, 04.08.2022.
O'qildi: 971 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик