Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

Mirjalol Qosimov: "Derbiga xos o‘yin bo‘ldi"

Mirjalol Qosimov: "Derbiga xos o‘yin bo‘ldi"

Baho:
+ | -

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Superliga 14-turidan o‘rin olgan "Metallurg"ga qarshi o‘yindan (0:1) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Derbiga xos o‘yin bo‘ldi. Shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgandik. Uchrashuvni yaxshi boshlagandik, 15-daqiqaga qadar 2-3 ta juda qulay imkoniyat yuzaga keldi. Afsuski, gol urolmadik.

Birinchi taym so‘ngidagi chetlatish barcha rejalarimizni o‘zgartirib yubordi. Jangovar bahs kuzatildi. Bugungi to‘qnashuv futbolimiz 110 yilligi bayram qilinayotgan damga to‘g‘ri keldi. Shunga monand muxlislarimizga ijobiy kayfiyat taqdim etishni xohlagandik. Ammo bu – futbol. Albatta, mag‘lubiyatdan qochib qutulib bo‘lmaydi. Endi keyingi o‘yinlarga hozirlik ko‘ramiz", - dedi Qosimov.

Manba: АГМК клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 05:15, 04.08.2022.
O'qildi: 918 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик