Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Buyuk klubning dahshatli muammolari. "Barselona" yangi futbolchilaridan foydalana olmasligi mumkin

Buyuk klubning dahshatli muammolari. "Barselona" yangi futbolchilaridan foydalana olmasligi mumkin

Baho:
+ | -

 "Barselona" yozgi transfer oynasining asosiy nyusmeykeri hisoblanadi. Atigi bir yil oldin kataloniyaliklar umidsiz ahvolda edi – moliyaviy ahvol shu qadar yomon holatda ediki, Messining o‘zi ham erkin agent sifatida qo‘yib yuborilishi kerak edi. Yangi mavsumga futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun esa klub faxriylarining maoshlarini sezilarli darajada kamaytirishga to‘g‘ri keladi.

Bu grotesk hozirgi holatga juda mos keladi - "Barselona" yangi kelganlar uchun allaqachon 153 million yevro sarflagan va bu bilan to‘xtamoqchi emas. Ammo hamma narsaning o‘z oqibatlari bor. Ispaniyaning ARA nashri xabariga ko‘ra, "Barselona" yangi kelgan futbolchilarini, xususan, Robert Levandovski, Rafinya va Jyul Kundeni La Liganing yangi mavsumida ishtirok etish uchun maosh to‘lovlari oshirib yuborilgani uchun ro‘yxatdan o‘tkaza olmayapti.

Gap shundaki, liga har bir klub uchun o‘tgan yilgi daromadidan kelib chiqqan holda maosh chegarasini belgilab beradi. Demak, "Barsa"ning yangi mavsum uchun ko‘rsatkichi 400 million yevro bo‘lsa, klubning hozirgi maosh fondi 560 millionni tashkil etadi. Ya’ni yangi kelganlarni ro‘yxatga olish uchun "Barsa" maosh varaqasini yiliga 160 million yevroga qisqartirishi kerak. Miqdor qo‘rqinchli ko‘rinadi, lekin boshqa faktor ham bor, bu yerda soliqlardan oldingi miqdor hisobga olinadi (50% Ispaniya g‘aznasiga tushadi). Ya’ni, "Barselona" futbolchilarining maoshini ikkiga ko‘paytirish kerak: Depay yiliga 5 million yevro sof maosh bilan klubdan ketsa, "Barsa" maosh fondini 10 million yevroga qisqartiradi.

Albatta, ish haqi chegarasini qondirishning eng yaxshi varianti maoshlarni qisqartirish va keraksiz o‘yinchilardan xalos bo‘lishdir. “Barselona”da esa bu borada muammolar bor.

Hozircha kataloniyaliklar futbolchi sotishdan 23 million ishlab topgan. Ulardan 20 million Koutinyo uchun bo‘lsa, Fransisko Trinkao bir mavsumga "Sporting"ga 3 million yevroga, Langle esa "Tottenxem"ga tekinga ijaraga berildi. Qolganlari jamoani faqat erkin agent sifatida tark etishadi. Ammo, futbolchilarning hech biri klubda katta maosh olmagan.

Yana bir narsa - Memfis Depay, Martin Breytueyt va Samuel Yumtiti. Ularning hech biri "Barsa"ni tark etishga shoshilmayapti, chunki boshqa hech bir joyda ularga bunday shartnoma shartlari taklif etilmaydi. Misol uchun, Braytueyt shartnomaning qolgan ikki yili uchun to‘liq oylik to‘lanmaguncha ketishni istamayapti. Mish-mishlarga ko‘ra, "Barselona" ularni mavsum uchun qaydnomaga kiritmasliklari va jamoadagi raqamlardan mahrum qilishlari bilan tahdid qilgan. Vaziyatlar boshqacha - ular Depay bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda, Miralem Pyanich maoshini 60 foizga qisqartirishga rozi va endiu katta ehtimol bilan, yana bir mavsum "Barsa"da qoladi.

Ammo kataloniyaliklar uchun asosiy daromad - Frenki De Yongning sotilishi. Gollandiyalik futbolchini "Chelsi" va "Manchester Yunayted" sotib olishga tayyor, ammo uning o‘zi ketishni istamayapti. Qizig‘i shundaki, De Yong sotilgan taqdirda "Barselona" ushbu mablag‘ni "Manchester Siti"dan Bernardu Silvani sotib olish uchun sarflamoqchi. Bunday ssenariyda klub maosh chegarasini qanday buzib yubormasligi aniq emas.

Shuningdek, "Barsa" jamoada qolishi mumkin bo‘lgan futbolchilarning maoshini kamaytirishga harakat qilmoqda. Masalan, o‘sha De Yongning maoshini yiliga 12 million yevrodan 7 million yevroga tushirish uchun intilmoqda. Xuddi shunday sharoitdagina u qolishi mumkin. Vaziyat xunuk, chunki "Barselona" hozirda Frenkidan 20 million yevro qarzdor.

Jerar Pike bilan ham xuddi shunday voqea. Jyul Kunde va Andreas Kristensenning shartnoma imzolashi bilan 35 yoshli faxriyni Xavi endi asosiy jamoa futbolchisi sifatida ko‘rmaydi. Shu bilan birga, yangi mavsumda klub o‘yinchiga 52 million yevro to‘lashi kerak. Sport.es nashrining yozishicha, rahbariyat Pike va Busketsdan maoshini yana qisqartirishni so‘raydi.

Muammoni hal qilishning yana bir usuli - ruxsat etilgan ish haqi chegarasini sun’iy ravishda oshirish. Klub prezidenti Joan Laporta buni klub aksiyalarining bir qismini va translyasiya huquqini sotish orqali amalga oshirmoqchi, bu esa klubning hisobot davridagi daromadini oshiradi. Bu "Barsa"da "iqtisodiy tutqich" deb ataladi.

Ulardan uchtasi faollashgan.“Barselona” franchayzingning 25%ini Barca Studiosga (klubning media-kontentini ishlab chiqaradigan va tarqatuvchi) 100 million yevroga sotishi va keyingi 25 yil ichida translyasiya huquqining 25 foizini sotish orqali faollashtirilgan. "Barselona" futbolkalari va esdalik buyumlarini sotish uchun mas’ul bo‘lgan klubga tegishli bo‘lgan BLM kompaniyasiga 50% huquqlar ham sotilishi mumkin. Ayni paytda taklif qilingan to‘rtta iqtisodiy dastakdan uchtasi ishga tushirildi, bu esa klubga bir vaqtning o‘zida taxminan 887 million yevro olib kelishi kerak.

Bular uzoq muddatda klubning daromadiga zarar yetkazadigan xavfli kelishuvlardir. Bundan tashqari, tushumning bir qismi klubning qariyb 1,3 milliard yevroga teng qarzlarini to‘lashga yo‘naltirilishi kerak - bu avvalgi prezident Xosep Bartomeudan qolgan “yaxshilik”.

Vaziyat dahshatli ko‘rinsa-da, La Liga "Barselona" shu yozda olgan sun’iy daromad tizimiga rozi bo‘lishi aniq emas. UYEFA allaqachon "Barselona"ga televideniye huquqlaridan olingan mablag‘ni kredit uchun garov sifatida sarflashni taqiqlagan. La Liga, shuningdek, “Barca”ga hozirda yangi kelganlarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmasligi haqida xabar berdi - avval ular ish haqini kamaytirishlari kerak. Hozircha Laportaning bu muammoni hal qilish rejasi bordek. Ammo mavsum boshida “Barsa” shunchaki Levandovski va boshqa yulduzlarni yangi mavsum uchun qaydnomaga kirita olmasligi aniqlansa, hayron bo‘lmang.

 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:58, 09.08.2022.
O'qildi: 8560 marta.
Fikrlar: 54 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.