Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Shaxmat-2022. O‘zbekiston — butunjahon olimpiadasi chempioni!

Shaxmat-2022. O‘zbekiston — butunjahon olimpiadasi chempioni!

Baho:
+ | -

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi o‘z tarixida ilk marta butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.

Terma jamoamiz so‘nggi turda Niderlandiyaga qarshi bahsda ishtirok etdi. Raqib sportchilarimizga jiddiy qarshilik ko‘rsatishga urindi. Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov va Nodirbek Yoqubboyev o‘yin davomida ustunlikka erishganiga qaramay, yakunda durangga imzo chekishdi.

Barcha narsa Jahongir Vohidovning qo‘lida qoldi. U esa 60-yurishga kelib Varmerdamni taslim etdi!

O‘zbekiston - Niderlandiya - 2,5 : 1:5! Terma jamoamiz 19 ochko bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Armaniston ham bugun Ispaniya ustidan 2,5 : 1:5 hisobida g‘alaba qozondi va kumush medallarga ega chiqdi. Uchinchi o‘rin esa Hindiston-2 terma jamoasiga nasib etdi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bugun Kosta-Rikani 2,5 : 1:5 hisobida mag‘lub etdi va musobaqani kuchli o‘ttizlikda yakunladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:22, 09.08.2022.
O'qildi: 10604 marta.
Fikrlar: 42 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик