Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

“Jar” stadioni projektorlari yoritish darajasi 2025 lyuksga yetkazildi

“Jar” stadioni projektorlari yoritish darajasi 2025 lyuksga yetkazildi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Bilasiz, “Jar” stadionida bu yil katta ko‘lamda ta’mirlash ishlari olib borildi. Natijada stadion maydoni va zaxira o‘rindiqlari yangilandi, kiyinish, hakamlar va komissar xonalari qayta jihozlandi, stadion kirish qismida muxlislar uchun yangi turniketlar o‘rnatildi, yangi tablo va audiotizim ishga tushirildi.

Quvonarli jihati – “Jar” o‘yingohiga yangi projektorlar o‘rnatilib, stadion yoritish tizimi talab darajasiga yetkazildi.

9-avgust kuni O‘zPFL ishchi guruhi stadion yoritish tizimini o‘lchash ishlarini olib bordi. O‘lchash natijalariga ko‘ra, “Jar” stadioni projektorlari yoritish darajasi 2025 lyuksni tashkil etdi.

Ayni paytda yangi o‘rnatilgan projektorlarni yakuniy sozlash ishlari to‘liq tugallanmagan, yorug‘lik maydonning barcha nuqtalariga, xususan chekka va darvoza atrofiga teng taqsimlanayotgani yo‘q. Bu esa tomoshabinlar va teletranslyasiya uchun qiyinchiliklar yuzaga keltirishi mumkin. Bu borada “Olimpik” futbol klubi xabardor qilindi va so‘nggi sozlash ishlari keyingi turga qadar yakunlanishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, yaqindagina “Buxoro” va “Sho‘rtan” klublari uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan stadionlarda ham yoritish tizimi yaxshilangan edi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:46, 10.08.2022.
O'qildi: 3102 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик