Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

«Bunyodkor»ning 5 nafar yosh iqtidorlari «Dinamo Zagreb»da ko‘rikdan o‘tish uchun uchib ketishdi

«Bunyodkor»ning 5 nafar yosh iqtidorlari «Dinamo Zagreb»da ko‘rikdan o‘tish uchun uchib ketishdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5887-sonli Farmonida futboli taraqqiy etgan Xorvatiyadek yurtlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha topshiriqlar berilgan. Yosh futbolchilarni Xorvatiyadek mamlakatlarga ko‘rikka, murabbiylarni esa stajirovkalarga yuborish masalalari zikr etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Bunyodkor”ning Xorvatiya futboli bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorligi doirasidagi ilk uchrashuvlardan birida “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi, “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Ijroiya qo‘mitasi a’zosi Mehriddin Abdullayev quyidagi fikrlarni bildirgan edi: “Xorvatiyada futbol qay darajada ekanligini butun dunyo biladi. Qaysi mashhur klubni olib qaramang, tarkibida albatta xorvat futbolchisi bor. Xorvatiya, go‘yo, mahorati judayam yuqori futbolchilar ishlab chiqaruvchi mashinaga o‘xshaydi. Shuning uchun ham Xorvatiya futboli bilan hamkorlik qilish ayni muddaodir. Yaqin kelajakda tanlov asosida saralab olingan “Bunyodkor” akademiyasidagi eng iqtidorli yosh yigitlarni Xorvatiya futbol akademiyalariga yuboramiz. Aminmanki, ular u yerda yanada toblanishadi.Bundan tashqari, “Bunyodkor” akademiyasidagi murabbiylarni ham tajriba almashish, malaka oshirish uchun Xorvatiyaga stajirovkaga yuborishni rejalashtirganmiz”.

Mana, ushbu rejalarni hayotga tatbiq etish vaqti kelib, Zagrebning jahonga mashhur “Dinamo” futbol klubi bilan o‘zaro memorandumga asosan, 2022 yilning 10-18 avgust kunlari oralig‘ida “Bunyodkor” futbol akademiyasining 5 nafar iqtidorli yosh futbolchilari ko‘rikka, 5 nafar murabbiylar esa amaliyot o‘tashga Xorvatiyaga yuborilmoqda. Bemalol aytish mumkinki, bu voqealik o‘zbek futbolida o‘ziga xos va alohida o‘ringa ega bo‘lyapti.

“Qaldirg‘ochlar” delegasiyasi Zagrebga Istanbul orqali 9 avgust kuni tunda uchib ketdi.

Adolatli konkurs asosida o‘tkazilgan tanlov yakunlariga ko‘ra, “Dinamo”da ko‘rikdan o‘tgani quyidagi iste’dodli futbolchilar tanlab olindi:

1. Ollabergan Karimov, 2006 yil, hujumkor yarim himoyachi.
2. Abdulhamid Ikromov, 2006 yil, hujumkor yarim himoyachi.
3. Zikrilloxon Muxtorov, 2006 yil, o‘ng/chap qanot yarim himoyachisi.
4. Shohruhxon Qahhorov, 2006 yil, chap qanot himoyachisi.
5. Azizbek To‘lqinbekov, 2007 yil, tayanch yarim himoyachisi.

Amaliyot o‘tashga tanlab olingan murabbiylar tarkibi esa quyidagicha:
1. Jamoliddin Rahmatullayev, “Bunyodkor” U-19 jamoasining yangi bosh murabbiyi, O‘zbekiston U-16o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi.
2. Ulug‘bek Boqiyev, akademiya 2006 yillar jamoasi murabbiyi.
3. Mirkamol Qosimov, “Bunyodkor-2” jamoasi yordamchi murabbiyi.
4. Aziz Hoshimov, akademiyaning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi.
5. Aleksey Roshin, akademiya darvozabonlar bo‘yicha murabbiylarining katta murabbiyi.

Yana bir e’tiborga molik ma’lumot sifatida shuni aytish mumkinki, “Bunyodkor” a’zolari 13 avgust kuni Xorvatiyadagi eng mashhur qarama-qarshilikning guvohi bo‘lishadi. Shu kuni ular mamlakat chempionatining “Dinamo” Zagreb – “Xayduk” bahsini bevosita “Maksimir” stadionida kuzatishadi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 10:26, 11.08.2022.
O'qildi: 2489 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.