Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan - Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta - As-Siyb

Ulug‘bek Baqoyev: "Futbolchilarning kayfiyatlari a’lo darajada"

Ulug‘bek Baqoyev: "Futbolchilarning kayfiyatlari a’lo darajada"

Baho:
+ | -

OFK kubogi Mintaqaviy final uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda "So‘g‘diyona" jamoasi bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev hamda darvozabon Milan Mitrovich ishtirok etishdi.

Ulug‘bek Baqoyev: "Hammaga hayrli kun. Biz O‘zbekiston Superligasida so‘nggi o‘yinimizni g‘alaba bilan yakunladik. Futbolchilarimizning kayfiyati a’lo darajada. Biz ertangi o‘yinga tayyormiz. Ertangi bahsga to‘xtaladigan bo‘lsak "Xo‘jand" jamoasi tarkibi yosh futbolchilardan tashkil topgan, tajribali futbolchilardan iborat, shuningdek "Xo‘jand" jamoasi o‘z uyida o‘ynaydi. Biz ertaga soat 15:30 da o‘ynaymiz va maksimal darajada o‘ynab keyingi bosqichga chiqishga harakat qilamiz.

Vitaliy Denisov professional va yuqori saviyada o‘ynaydigan futbolchi. Jamoamizning bir necha o‘yinlarida "So‘g‘diyona" g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Biz ob-havo haqida gapirdik. Har qanday jamoa, farqi yo‘q qanday darajada bo‘lishidan. Ikkala raqiblarning ham imkoniyati tenglashadi. Bunday iqlimga o‘rgangan jamoada imkoniyat yuqoriroq bo‘ladi. Ertangi o‘yinda har bir jamoa g‘alaba qozonishni istaydi. Biz ertaga keyingi bosqichga chiqish uchun maydonga tushamiz.

Ko‘p sonli muhlislar o‘yinni penaltilar seriyasigacha borishini xohlashadi. Lekin bu futbolchilar va murabbiylarga qiyin vaziyat. Biz penaltilar seriyasiga ham tayyormiz" - dedi Ulug‘bek Baqoyev.

Milan Mitrovich: "Hammaga hayrli kun. Uchrashuv bir o‘yindan iborat bo‘lganligi uchun juda qiyin kechadi. Biz ertaga soat 15:30da o‘ynaymiz, havo issiq bo‘ladi, lekin o‘yinga tayyormiz" - dedi darvozabon.

Manba: "Сўғдиёна" матбуот хизмати
Kiritildi: 13:13, 16.08.2022.
O'qildi: 2462 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик