«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Lyuk Chaduik jamoadagi Kazemironing o‘rni haqida gapirdi. U shunday deydi:
«Hech kim kutmagan paytda u olib kelindi. Bu xaridni ijobiy baholayman. Chunki Kazemiro o‘z ishini ustasi. U tayanch yarim himoyasida qanday o‘ynash kerakligini yaxshi biladi. Menimcha, u Fred bilan juftlikda harakat qilsa kerak. Chunki ular bir-birini yaxshi biladi. Bu juftlik Braziliya terma jamoasida birga harakat qilgan».