Kirish Ro'yxatdan o'tish

Misr futbol federasiyasi JCH-2026 1/8 finalida Argentinadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng mamlakat prezidentiga murojaat qildi

Misr futbol federasiyasi JCH-2026 1/8 finalida Argentinadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng mamlakat prezidentiga murojaat qildi

Baho:
+1 | -

Misr futbol assosiasiyasi (EFA) rasmiy saytida bayonot e’lon qildi. Unda terma jamoaning JCH-2026 1/8 finalida Argentinaga qarshi kechgan (2:3) o‘yinidan so‘ng, mamlakat prezidenti Abdel Fattax as-Sisining qo‘llab-quvvatlovchi so‘zlari va jamoa ishtirokiga bergan yuqori bahosi uchun minnatdorlik bildirilgan.

Bayonotda aytilishicha, Xani Abu Rida boshchiligidagi direktorlar kengashi, shuningdek, terma jamoaning murabbiylar, ma’muriy va tibbiyot shtablari hamda futbolchilari prezidentga jamoaning munosib o‘yini va jahon chempionatidagi tarixiy yutug‘ini yuqori baholagani hamda doimiy qo‘llab-quvvatlashi uchun chin dildan minnatdorlik bildiradi.

«Prezidentning qo‘llab-quvvatlashi misrlik futbol vakillarining barchasi uchun kelgusida ham tinimsiz ishlash, bor kuch-g‘ayratni sarflash, yangi muvaffaqiyatlarga erishish hamda Misrni xalqaro maydonda munosib tarzda namoyish etish uchun qo‘shimcha motivasiya bo‘ladi», — deyiladi press-relizda.

Kiritildi: 08:39, 09.07.2026.
O'qildi: 10346 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик