Londonning "Arsenal" klubi chorshanba oqshomida "Aston Villa"ni mehmon qiladi. Mikel Arteta jamoasi yaxshi formada. Ular Angliya, Italiya, Fransiya hamda Germaniyadagi o‘z imkoniyatidan maksimum foydalangan yagona jamoa bo‘lib turibdi. O‘tgan mavsumda "Aston Villa" bilan 10 turda to‘qnash kelingan. O‘shanda "Arsenal" endigina 10 ta gol urgan bo‘lgan. Ayni damda esa 4 ta turdan so‘ng 11 ta gol urishga erishdi. Quyida Stiven Jerrard shogirdlariga qarshi chiqishi mumkin bo‘lgan "Arsenal"ning taxminiy tarkibi keltirib o‘tiladi.
Darvozabon - Ramsdeyl: sobiq "Bornmut" posbonining APLdagi ilk g‘alabasi 2019 yilda aynan "Aston Villa"ga qarshi o‘yinda qo‘lga kiritilgandi. Ramsdeyl bu raqibga qarshi 4 ta o‘yinning hammasida zafar quchgan.
Chap qanot himoyasi - Tomiyasu: Yaponiya terma jamoasi a’zosi Ben Uaytga dam berishi mumkin. Chunki jamoani oldinda zichroq taqvim kutmoqda. Shu sabab Tomiyasu asosiy tarkibga qo‘shildi.
Markaziy himoya - Saliba: tarixga nazar tashlansa, 2019 yilda Saliba sotib olingani ma’lum bo‘ladi. O‘shanda "Arsenal" uning imzosi uchun "Tottenxem" bilan kurashgan va yakunda g‘olib bo‘lgandi.
Markaziy himoya - Gabriel: braziliyalik himoyachi "Fulxem" bilan o‘yinda xato qilgandi. Ammo so‘nggi damda gol urib, uni yuvgan. Gabriel APLning yangi mavsumida jami 4 ta qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi.
Chap qanot himoyasi - Tirni: bu futbolchi bir vaqtlar yarim himoyada ham o‘ynagan. Ammo bu pozisiyada Zinchenkodan yaxshiroq harakat qilmasligi ma’lum bo‘lgan. Tirni bugun aynan uning o‘rnida harakatlanadi.
Tayanch yarim himoya - Lokonga: yosh Belgiya terma jamoasi a’zosi Elneni va Parti o‘rnini egallashi kutilmoqda. Uning o‘yinida ham o‘sish ro‘y bergan deb umid qilamiz.
Tayanch yarim himoya - Jaka: Mikel Arteta sababli jamoada qolgan futbolchi, bugun uning ta’sirida super darajaga chiqishga yaqin turibdi. Jakaning o‘yin unumdorligi ancha yuqoriladi.
Hujumkor markaz - Edegor: "Arsenal"ga kelib sardorga aylangan futbolchi 7 yil davomida "Real" safida edi. Ammo La-ligada atigi 3 ta o‘yinda qatnashdi. Hozir esa u avjida.
Hujumkor o‘ng qanot - Saka: 20 yoshli yulduz katta figuraga aylanib ulgurgan. Ammo Saka mart oyidan beri APLda gol urmadi. Uning so‘nggi goli aynan "Aston Villa"ga qarshi yuz bergan.
Hujumkor chap qanot - Smit-Rou: Jarohatlar sabab ancha qiynalib qolgan futbolchi yangi mavsumda zaxiraga mixlandi. Ammo Arteta uni bugun maydonga tushirishi kutilmoqda. Tez orada 10 raqamli hujumchining nimalarga qodir ekanini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.
Hujumchi - Jezus: sobiq "Manchester Siti" a’zosi "Aston Villa" bilan bo‘lgan o‘yinlarning so‘nggi 7 tasini g‘alaba bilan tugatgan. Bugun esa u o‘z statistikasini ijobiy tomonga o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, APLning 5 turidan o‘rin olgan "Arsenal" hamda "Aston Villa" o‘rtasidagi bahs, Toshkent vaqti bilan 23:30da start oladi.
ISMATOV J.