Yarim himoyachi Tomas Myuller "Bavariya" uchun o‘yinlar rekordini yangiladi.
32 yoshli futbolchi "Kyoln"ga qarshi Germaniya kubogida (3:0, ikkinchi bo‘lim) ishtirok etdi.
Uning uchun bu uchrashuv Myunxen klubidagi 632-bahs bo‘ldi. 1965 yildan buyon, ya’ni "Bavariya" Bundesligaga a’zo bo‘lganidan buyon bu darajaga faqat darvozabon Oliver Kan erishgan edi.