"PSJ" yarim himoyachisi Rafinya faoliyatini Qatarda davom ettiradi. U “Al-Arabi” klubi bilan shartnoma imzoladi, deb xabar beradi jamoa sayti.
29 yoshli futbolchilar bilan shartnoma ikki yilga mo‘ljallangan.
O‘tgan mavsumda Rafinya "Real Sosyedad" safida ijara asosida o‘ynab, 17 ta o‘yinda qatnashib, 1 ta gol urgan. Ilgari u "Barselona", "Selta" va "Inter" klublarida ham o‘ynagan.













