Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

"Manchester Yunayted" "Arsenal"ga qarshi o‘yin uchun "sovg‘a" tayyorlab qo‘ygan

"Manchester Yunayted" "Arsenal"ga qarshi o‘yin uchun "sovg‘a" tayyorlab qo‘ygan

Baho:
+ | -

Bugun oqshomda "MYU" yangi mavsumdagi ilk jiddiy sinovga duch keladi. "Arsenal" "Old Trafford"ga tashrif buyurmoqda. O‘z navbatida londonliklar uchun ham ushbu o‘yinning qiymati baland va muhimdir. Quyida "Manchester Yunayted" tarkibida yuz berishi mumkin bӯlgan ehtimoliy o‘zgartirishlar haqida so‘z boradi.

Debyutlar bo‘ladimi?

Kazemiro futbolchilarga taktik ko‘rsatma berish yoki ularni qo‘llab-quvvatlash uchun sotib olinmagan. Uni Yevropa ligasidagi "Real Sosyedad"ga qarshi bahs uchun saqlash ham ahmoqlik bo‘ladi. Shunday ekan, bugun asosiy tarkibda Kazemironi ko‘rishimiz mumkin. Axir u dunyodagi eng yaxshi tayanch yarim himoyachilaridan biridir. Shuningdek, Antoni ham kengaytirilgan tarkibga kiritilsa, ajab emas. Ammo 100 millionlik hujumchi so‘nggi 3 hafta davomida maydonga tushmagan. Antoni zaxiradan qo‘shilish ehtimoli mavjud. Demak, bugun debyutlarga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Hujum chizig‘ida o‘zgarish?

Erik ten Xag so‘nggi 3 ta turda hujumchilarni deyarli bir xil tanlayotgan edi. Ammo "Lester" bilan o‘yinda Elanga ikkinchi bo‘lim avvalida zaxiraga olingan. Bu turda esa uning maydonga tushmaslik ehtimoli bor. Chunki Ronaldu jangga shay turibdi. Sancho yaxshi formada. Reshford esa chap oyoqda benazir. Shunday ekan, hujum chizig‘ida mana shu uchta figura paydo bo‘lishi mumkin. "Arsenal" mudofaasi esa ulardan saqlanishi kerak. Demak, hujum Ronalduga qaytadi.

Kuchli to‘rttalikka kirish bu turda eplanadimi?

Agarda hozir Google'ga "APL jadvali" deya qidiruv bersangiz, "MYU" qaysi pog‘onadan joy olganiga guvohi bo‘lasiz (9 ochko bilan 8 o‘rin). "Arsenal"ga qarshi g‘alaba qozonish bilan esa YECHL yo‘llanmasini taqdim etadigan pog‘onaga qaytib olish imkoni mavjud. Bu orqali "Brayton" ortda qoldiriladi (). Ammo bu ish oson bo‘lmasligi aniq. Nima bo‘lgan taqdirda ham "MYU"da nimanidir isbotlash uchun yaxshi imkon mavjud. Demak, hammasi ten Xag va uning futbolchilariga bog‘liq.

Zaxirada yangi nomlar?

"MYU" o‘ziga xos bo‘lgan mavsumda 28 ta futbolchi bilan APLda ishtirok etmoqda. Joze Mourinyo ham jamoadagi ilk mavsumida aynan shu miqdordagi futbolchilarni yig‘gan va Yevropa ligasini yutgan edi. Ammo hozirgi davrni farqli jihatlari bor. Xususan, 28 futbolchining aksariyat qismi hali 20 yoshga to‘lmagan akademiya o‘yinchilaridan iborat. 6-turda "MYU" Uan-Bissaka, Lyuk Shou, Brendon Uilyams, Aksel Tuanzebe hamda Fil Jons xizmatlaridan foydalana olmasligi mumkin. Tarkibga kiritilsa ham, bu futbolchilar ko‘p ehtimol, zaxirada qoldiriladi. Shuningdek, o‘sha o‘rindiqda yangi posbon bo‘lgan Martin Dubravka ham joy olishi kutilmoqda. Antoni va Kazemiro ham zaxirada bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas. Demak, "MYU" zaxirasida albatta yangi futbolchilar bo‘ladi.
Xulosa, qilib aytganda ten Xag ixtiyorida turli vazifalarni eplay oladigan saviyali o‘yinchilar yig‘ildi. Bu bilan esa nafaqat "Arsenal"ga qarshi, balki istalgan top-klubga "maxsus sovg‘a"lar tayyorlasa bo‘ladi. Ulardan birini esa, bu oqshom balki ko‘rarmiz ham...

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: manchestereveningnews.co.uk
Kiritildi: 12:08, 04.09.2022.
O'qildi: 7491 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик