Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 0-0 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 0-0 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Qaroqchi obrazi bilan...

Qaroqchi obrazi bilan...

Baho:
+ | -

«Vulverxempton» avvalgi seshanba kuni Angliya Liga kubogidan o‘rin olgan oddiy o‘yinda «Preston»ni 2:1 hisobida yengdi.

Bu uchrashuvda e’tiborni tortish imkoniyati kam edi, lekin Raul Ximenes tufayli hammasi boshqacha bo‘ldi. Aniqrog‘i, meksikalik legioner golni g‘ayrioddiy tarzda nishonlab, o‘yin reytingini biroz ko‘tardi...

Raul Ximenes «Preston» darvozasini 8-daqiqadayoq nishonga oldi. Meksikalik hujumchi avvaliga gol quvonchini jamoadoshlari bilan baham ko‘rdi, xususan, assistent rolini bajargan Rayan Ayt-Nuriga alohida minnatdorchilik bildirdi. U shundan so‘ng qaroqchi obraziga kirib, antiqa shou ko‘rsatdi. Qiziq, Raul oniy lahzalarda changakni qayerdan oldi, ko‘z niqobinichi? Ma’lum bo‘lishicha, u changakni qopchaga solib, darvoza ortiga ilib qo‘ygan ekan. Ta’sirli holat. Ko‘z qismiga tortgan bog‘ichi esa - 2020 yilning noyabr oyida orttirilgan bosh suyagi jarohatidan esdalik. Futbolchi o‘shanda ma’lum vaqt maxsus himoya niqobi bilan o‘ynagandi.

Umuman olganda, Ximenes faoliyatining oxirigacha bosh uchun mo‘ljallangan shu himoya vositasidan foydalanadi, hattoki, uni mashg‘ulotlarda ham yechmaydi. Ammo qora sochlari orasida mato deyarli ko‘rinmasdi. Niqob bandajning yengil xili bo‘lib, jarohatlangan suyak hududini qoplaydi. Hujumchi o‘tgan yili maydonga qaytgan vaqt dubulg‘a shaklidagi himoya vositasini ham taqqan edi. Lekin keyinroq bosh bilan zarba berishda to‘p yo‘nalishini to‘g‘ri ololmayotganini aytib, undan bosh tortdi. Shu tariqa alohida niqob taqishga o‘rgandi va jamoadoshlaridan «qaroqchi» laqabini oldi. Meksikalik futbolchi yozda o‘z golini shu niqobni ko‘ziga tortgan holda nishonlagandi, ammo qo‘liga changak olgan emasdi. Endi bu matoh sahna ko‘rinishini sezilarli darajada boyitdi…

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:13, 08.09.2022.
O'qildi: 1095 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик