"PSJ" himoyachisi Presnel Kimpembe jarohati sabab kamida bir oyni o‘tkazib yuboradi.
Fransiya terma jamoasining 27 yoshli futbolchisiga chap sonning orqa yuzasi yorilishi tashxisi qo‘yilgan.
Kimpembe Liga 1 doirasida "Brest"ga (1:0) qarshi o‘yin oxirida jarohat oldi, shu sababli u 89-daqiqada almashtirildi.
Shu tariqa, himoyachi nafaqat klubning keyingi o‘yinlarida maydonga tushmaydi, balki milliy terma jamoaning Millatlar ligasidagi ikkita – Avstriya va Daniya bilan o‘yinida ham ishtirok eta olmaydi.