Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Rasman! "Arsenal" sotib olmoqchi bo‘lgan futbolchi "Rayo Valyekano"ga o‘tib ketdi

Rasman! "Arsenal" sotib olmoqchi bo‘lgan futbolchi "Rayo Valyekano"ga o‘tib ketdi

Baho:
+ | -

"Rayo Valyekano" "Espanyol" hujumchisi Raul de Tomas bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Madrid klubi forvard bilan 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

"Espanyol" de Tomas endi jamoada o‘yinchi emasligini e’lon qildi. Biroq hujumchi “Rayo Valyekano” safida faqat yanvar oyida debyut qilishi mumkin, chunki transferlar oynasi yopilganidan keyin bu kelishuv amalga oshirilgan.

Marca xabariga ko‘ra, "Espanyol" futbolchi uchun taxminan 12 million yevro olishi mumkin. 8-9 million yevro Kataloniya klubiga belgilangan to‘lov ko‘rinishida ketadi, "Espanyol" esa yana 3-4 million evroni bonuslar ko‘rinishida olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, "Rayo" prezidenti Martin Presa muzokaralarda de Tomasning agenti bilan mushtlashgan edi. Bu komissiya hajmini muhokama qilish paytida sodir bo‘ldi.

"Real Madrid" tarbiyalanuvchisi 2017-2019 yillarda "Rayo"da o‘ynagan. Jamoa uchun 65 ta o‘yinda 38 ta gol urgan.

Kiritildi: 14:56, 13.09.2022.
O'qildi: 1260 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик