Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

Yurgen Klopp. "Liverpul" o‘z murabbiyidan kecharmikin?

Yurgen Klopp. "Liverpul" o‘z murabbiyidan kecharmikin?

Baho:
+ | -

Mersisaydliklar ustozi Yurgen Klopp o‘tgan haftadagi "Napoli"ga qarshi mag‘lubiyatdan keyin ko‘plab noroziliklar yuz bera boshlaganini tan oldi. Haqiqatdan ham omadsiz boshlangan mavsum hamda 4-1 hisobidagi mag‘lubiyatdan sӯng, Klopp kelajagi so‘roq ostida qola boshladi deb hisoblanmoqda. U YECHLning ilk turidan keyin ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘ldi. Boz ustiga, ularning ayrimlari ancha haqliy edi. Ayni damda ba’zi tahliliy saytlar bergan ma’lumotlarda Yurgen Kloppning iste’foga chiqishi 12/1 ehtimolda ko‘rilmoqda. Uning 4-1 hisobidagi mag‘lubiyatidan oldin, bu ko‘rsatkich 66/1 edi. APLda iste’fo berishi mumkin bo‘lgan murabbiylar ro‘yxatini 5/2 natija bilan Brenden Rojers boshqarmoqda. Klopp esa unga ancha yaqinlashib qoldi.

Yurgen Klopp "Napoli" bilan o‘yindan keyin intervyu berar ekan, shunday deydi: "Men bahsdan keyin biz haqimizda nimalar deyilgani haqida atigi 10 tacha xabar o‘qidim xolos. Ammo ularning ko‘pi haqqoniy gaplar edi. Men o‘yinimizni qaytadan tomosh qildim. Aytishim kerakki, futbolchilar borasida ancha savollar bo‘lishi tabiiy".
"Liverpul", ko‘pchilik unday hisoblamayotgan bo‘lsada, biroz bosimda qolgani bor gap. Bugun jamoa "Ayaks"ga qarshi bahs yuritadi. "Enfild"dagi ӯyin ham mag‘lubiyat bilan yakunlansa, oqibati yaxshi bo‘lmasligi mumkin. Ha, Kloppda savollarga javoblar bor. Tarkibdagi keng ko‘lamli jarohatlar ularni asosli dalilga aylantiradi. Mersisaydliklarda Jordan Xenderson, Nabi Keyta, Kyortis Jons, Diyegu Jota, Oksleyd-CHemberlen, Ibraima Konate, endi esa, Endryu Robertson ham jamoaga yordam bera olmaydi. Shunga qaramay, Klopp g‘alabalarga muhtoj. Aks holda, haqiqiy "Klopp Out" boshlanishi hech gap emas.

Matbuot anjumanida ishtirok etgan Joel Matip ham keyinchalik Kloppni himoya qilib, fikr bildirgandi.
To‘g‘rida, bugungacha yetti yil davomida "Liverpul"da ishlab, uni qaytadan oyoqqa turg‘izgan mutaxassis, qandaydir jarohatlar sabab klubdan ketishi to‘g‘ri bo‘lmaydi. Klopp ilk bor murabbiylik qilgan klub "Mayns" edi. U o‘shanda jamoani Bundesligaga olib chiqqan. Klopp u yerda ham yetti yil ishlagan. "Mayns" turnirdan tushib ketgach esa, iste’foga chiqarilgan. Keyinchalik u "Borussiya Dortmund"ga olib kelinadi. Klopp "arilar"ni YECHL finalchisiga aylantiradi. Ichki chempionatda esa ketma-ket chempionlikka erishiladi. Biroq, Kloppning "Signal Iduna"dagi yettinchi yili yana omadsiz keldi. "BVB" yulduzi Levandovski, jamoani tark etadi. Klub esa o‘sha mavsumni 7-o‘rinda yakunlaydi. Oqibatda, Klopp yana iste’fo berishga majbur bo‘ladi.

Nima deb o‘ylaysiz, bu tarix yana takrorlanarmikin? Yurgen Klopp 2022 yilning aprel oyida ingliz giganti bilan 2026 yilga qadar yangi bitimga imzo chekkan. "Liverpul"da esa hammasi ko‘ngildagidek emas. Ko‘ramiz, Kloppga o‘z jamoasi tarixiy an’anani buzishga yordam bera olarmikin...

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetsport.com
Kiritildi: 21:05, 13.09.2022.
O'qildi: 2959 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.