Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

"Real"ning eng yaxshi argentinalik futbolchilarini bilasizmi?

"Real"ning eng yaxshi argentinalik futbolchilarini bilasizmi?

Baho:
+ | -

 "Real Madrid"ning argentinalik futbolchilari "Qirollik klubi" tarixida muhim rol o‘ynagan. Aslida bu davlat va klublar o‘zaro paradoksga o‘xshaydi. Ammo "qaymoqranglilar" uchun "kumush diyor"da tug‘ilib klub afsonasiga aylangan futbolchilar yetarli. 

Gonsalo Iguain

Jamoadagi yillari: 2007-2013.

Kuboklar: uchta ichki liga chempionligi, kubok, ikkita Ispaniya Superkubogi.

Gonsalo Iguain «Napoli» va «Yuventus»da ham to‘p tepgani bilan mashhur. U juda yosh paytiyoq "Real Madrid"ga kelgan va golli vaziyatlarning qotili sifatida shuhrat qozongan.

Biroq olti yarim mavsumda argentinalik futbolchi «qaymoqranglilar» safida 264 ta o‘yin o‘tkazib, 121 ta gol urdi va “qirollik klubi” tarixidagi to‘purarlar ro‘yxatida 14-o‘rinni egallab turibdi. Natija unchalik yomon emas. 

Xorxe Valdano

Jamoadagi yillari: 1984-1988 yillar.

Kuboklar: uchta ichki liga chempionligi, Ispaniya liga kubogi, ikkita UYEFA kubogi.

 Xorxe Valdano, aksincha, «Real»ga 29 yoshli tajribali futbolchi sifatida keldi. Bir yil o‘tib jamoada Ugo Sanches paydo bo‘ldi va mashhur trio shakllandi: Valdano - Sanches - Butragueno.

Mana shunday hujum bilan Madrid klubi 1985-1986 yilgi mavsumda olti yillik tanaffusdan so‘ng yana liga chempionligini qo‘lga kiritdi va uni besh yil ushlab turdi. 

Ektor Rial

Jamoadagi yillari: 1954-1961.

Kuboklar: to‘rtta ichki liga chempionligi, beshta yevrokubok, qit’alararo kubok.

Ektor "Real Madrid"ga yoshligidan tanish bo‘lgan Alfredo di Stefano tufayli keldi. Santyago Bernabeu hujumni kuchaytirmoqchi bo‘lganida, di Stefanodan kimni hamkori sifatida ko‘rishni hohlashini so‘raganida, Alfredo ikkilanmasdan Rialni tanlagan.

U ishonchnni oqladi va dunyoning eng yaxshi chap qanot hujumchilaridan biriga aylandi. Rial «Real» safida 167 ta o‘yin o‘tkazib, 83 ta gol urgan. U Chempionlar kubogi finalida ikki marta gol urdi - 1956 yilda u «Reyms»ga qarshi (4:3) «dubl» qildi va ikki yildan so‘ng «Milan» bilan o‘yinda hisobni tenglashtirdi va o‘yinni qo‘shimcha vaqtga o‘tkazdi, u yerda "Real Madrid" mag‘lub bo‘ldi.

Fernando Redondo

Jamoadagi yillari: 1994-2000 yillar.

Kuboklar: ikkita ichki liga chempionligi va Ispaniya Superkubogi, ikkita Chempionlar ligasi, Qit’alararo kubok.

1992 va 1993 yillarda «Real» ketma-ket ikki marta chempionlikni qo‘ldan chiqargan, so‘nggi turda «Tenerife»ga yutqazgan. Madridda ular muammoni tubdan hal qilishdi - «Tenerife»ni boshqargan Xorxe Valdano "Real Madrid" murabbiylik kursisiga taklif qilindi, shu bilan birga ular kanareykalar yetakchisi Fernando Redondoni qo‘lga kiritishdi.

Argentinalik yarim himoyachi "Real Madrid" maydonining markazini mustahkamladi va 1994-1995 yilgi mavsumda "Qirollik klubi" «Barselona»ning chempionatdagi besh yillik gegemonligini to‘xtatdi va uch yildan so‘ng Chempionlar ligasida uzoq kutilgan g‘alabani qo‘lga kiritdi. Keyinchalik Redondo "Real Madrid" sardori bo‘ldi.

Alfredo di Stefano

Jamoadagi yillari: 1953-1964.

Kuboklar: sakkizta ichki liga chempionligi va Ispaniya kubogi, beshta yevrokubok, qit’alararo kubok.

1950 yillarning o‘rtalariga qadar "Real Madrid" bor-yo‘g‘i ikkita chempionlik unvoniga ega edi. Santyago Bernabeu prezidentlikka kelganidan so‘ng klub buyuk bo‘ldi, uning asosiy xaridi aniq Alfredo di Stefano.

Argentinalik futbolchi o‘n yil davomida jamoa yetakchisiga aylandi - u hujumlarni boshladi, golli uzatma berdi va gol urdi. Di Stefanoning o‘ziga xosligini uning "Real Madrid"ning yevrokubok finallarining beshtasida ham gol urishi tasdiqlaydi. Hozirgacha Alfredo Madrid uchun afsona bo‘lib qolmoqda.

Mirjalol Pardaboyev tarjimasi. 

Kiritildi: 21:49, 17.09.2022.
O'qildi: 3202 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.