Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Jeymi Karrager: "Angliya Jahon chempioni bo‘ladi. Faqat tarkibda u bo‘lishi kerak"

Jeymi Karrager: "Angliya Jahon chempioni bo‘ladi. Faqat tarkibda u bo‘lishi kerak"

Baho:
+ | -

Terma jamoaning sobiq himoyachisi Angliyaning Jahon chempionatidagi imkoniyatlarini yuqori baholadi. U Garet Sautgeytdan Xarri Keynni hech kimga almashtirmaslikni so‘radi. Faqat shu orqali inglizlar mundialni yutishi mumkin. Xarri Keyn esa terma jamoada gol urish borasida Ueyn Runiga juda ham yaqin qolgan. "Tottenxem" hujumchisi bu borada 50 ta golga ega. U bu orqali afsonaviy Bobbi Charltonga yetib oldi. Runidan esa atigi 3 ta to‘p orqada xolos. Yana bir tomoni – Keyn 50 ta golga bor-yo‘g‘i 73 ta bahsda erishgan. Xarri Keyn haqida Karrager shunday deydi:

"Xarri Keyn oldida juda katta ma’suliyatli vazifa turibdi. Unga butun millat g‘ururi ishonib topshiriladi. Men uni almashtirib bo‘lmas a’zo deb hisoblayman. Keyn jahon darajasidagi futbolchi. Ha, oxirgi musobaqalarda u unchalik ham ko‘rinmay qoldi. Ammo u qaytadi. Qaytishi ham kerak. Keyn yaxshi formada bo‘lsa, bu narsa Jahon chempionatida Angliyaga katta imkoniyat taqdim etadi".
Karragerdan Angliyaning mundialdagi imkoniyatlari haqida so‘ralganida u shunday deydi:

"Ha, oson bo‘lmaydi. O‘ta murakkab davr arafasida turibmiz. Jahon chempionatida to‘rt-beshta da’vogarlar borki, o‘z darajasidagi istalgan jamoani mag‘lub eta oladi. Shuni ham yodda tutishimiz kerakki, Jahon chempionati – bu kubok musobaqasi. Shu sabab, guruhdagi bahslarga ham finaldek yondoshmoq lozim. Undan avval tarkib futbolchilarini to‘g‘ri tanlash va ularni saralab olish kerak. Qolaversa, o‘yinchilar ham jarohatlardan ehtiyot bo‘lishlari shart. Bitta bahsda atigi bitta kerakli futbolchidan foydalana olmaslik, yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shunga qaramay, men Angliyani Qatarda o‘zini ko‘rsata oladi deb o‘ylayman. Shunga umid bog‘laganman".

Yaqindagina Xarri Keynga o‘rinbosar sifatida "Brentford" futbolchisi Ayvan Touni ham terma jamoaga jalb etildi. Sautgeyt uchun Italiya va Germaniyaga qarshi bahs o‘ta muhim. Shundan keyin u Qatarga borish uchun kimlar loyiq ekanini bilib oladi. Keyn esa, shubhasiz, jamoani yetakchilari safida bo‘ladi.

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 16:47, 19.09.2022.
O'qildi: 3465 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.