Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Srechko Katanes: "Raqibga har tomonlama mos tushadigan futbolchilarni chaqirdik..."

Srechko Katanes: "Raqibga har tomonlama mos tushadigan futbolchilarni chaqirdik..."

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy jamoasi 20-27 sentyabr kunlari Janubiy Koreyada yig‘in o‘tkazadi va u yerda Kamerun (23 sentyabr) hamda Kosta-Rikaga (27 sentyabr) qarshi o‘rtoqlik bahslarida maydonga tushadi.

Shuning uchun ham bugun bosh jamoa yig‘inga ketishi oldidan bosh murabbiy Srechko Katanes ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Milliy terma jamoa ustozi jurnalistlar savollariga quyidagicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

  Bizni juda qiyin ikkita o‘yin kutyapti. Mundialda ishtirok etadigan yuqori darajadagi jamoalar. Shu vaqtga qadar bunday jamoalarga qarshi o‘ynamagan edik. Xavotir olmayapman, biroq ularga qarshi qanday o‘ynashimiz qiziq tuyulyapti. Ularning o‘yinini kuzatdim, juda yaxshi jamoalar.

Ehtiyotkor va diqqatni jamlagan holda harakat qilishimiz zarur. Oxirgi vaqtlar chempionatni kuzatdim, legionerlarimizni kuzatdim, yaxshilashimiz kerak bo‘lgan jihatlar juda ko‘p. Bunday darajadagi ikki o‘yinda ular o‘zini qanday ko‘rsatishini kuzatamiz.


Kutilayotgan natija (hisob) haqida

Bu shunchaki o‘rtoqlik o‘yinlari. Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Har bir o‘yin bir-biridan farq qiladi. Jahon Chempionatiga qadar ularda o‘yinlar kam, shuning uchun ular bor kuchi bilan harakat qiladi. Mundialga qadar barcha futbolchilarini sinab ko‘rishga urinadi. Umuman xavotir olmayapman, bu o‘rtoqlik o‘yinlari. Lekin bu futbolchilarimiz uchun Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik bo‘ladi. Ular ham o‘zini ko‘rsatishi uchun bir sinov bo‘ladi.


Qaydnomaga kiritilgan futbolchilar haqida

Bu bosqichda kimdir yaxshiroq holatdadir, balki yo‘q, lekin fikrimcha, Shaxboz Umarov, Oston O‘runov kabi futbolchilarda sifat yuqori. Ular hali yosh va qisqa muddatda terma jamoaga yordam beradigan holatga chiqishi mumkin. Ba’zi futbolchilar bor 30 ga kirgan bo‘lsa-da hali terma jamoada o‘ynamadi.

Hamon o‘yinchilarni kuzataman, ular o‘z holatini yaxshilashi lozim. Hozir qaydnomaga kiritilgan futbolchilar zamonaviy futbol uchun kerak bo‘ladigan xususiyatlarga ega.

Kuchli terma jamoalarga qarshi duch kelgan futbolchini terma jamoaga jalb eta olmaymiz. Masalan, FIFA reytingida kuchli yuztalikka kiradigan jamoalarga qarshi o‘ynashimiz mumkin, biroq kuchli terma jamoalarga qarshi optimal formada bo‘lgan futbolchilarni chaqirishimiz kerak. Hozir termaga chaqirmagan futbolchilarimni ushbu o‘rtoqlik o‘yinlari uchun shartmas deb hisobladim, lekin kelajakda ular terma jamoadan chaqiruv olishi mumkin. Hali oldinda qiyin o‘yinlar bor.


Superligada terma jamoaga chaqirilishga loyiq futbolchilar (Iskanderov va Boltaboyev Jamshidlar)    borligi haqida

Doim barcha futbolchilarni hurmat qilganman. Barchani o‘z fikri bor. Masalan, chempionatda yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan Jamshid Iskandarov Kamerunga qarshi o‘yinda o‘zini ko‘rsata olmasligi mumkin. Barcha o‘yinlarni kuzatib boryapman. O‘zbekiston chempionatini kuzatib boraman. Biroq u boshqa daraja.

Kamerun terma jamoasi futbolchilarining eng bo‘yi kichkinasi 1,80 sm. Jismoniy jihatdan juda kuchli terma jamoaga qarshi o‘yin kutib turibdi. Ular tezkor, ular kuchli, ular Yevropada o‘ynaydi. Chaqirilmay qolgan futbolchilarni Osiyo Kubogidan oldingi o‘yinlarda terma jamoaga jalb qilish maqsadga muvofiq deb hisoblayman. Balki ular noyabrdagi yig‘inlarga chaqirilar. Futbolchilar yaxshi formada bo‘lsa, ularga imkoniyat beriladi.

Hamma futbolchilar ham doim ideal formada bo‘lmaydi. Balki legionerlarimiz formada bo‘lmas. Siz aytishingiz mumkin, nega Eldor Shomurodov «Roma»da zaxirada bo‘lsa ham, terma jamoaga chaqiryapsiz deb. Eldor zaxirada bo‘lmagan vaqti ham uni terma jamoaga jalb etaman. Nega chempionatda to‘purar bo‘lib turgan boshqa bir futbolchiga imkoniyat bermayapman? Chunki Kamerun va Kosta-Rika kabi jamoalarga men bilan bir yil davomida ishlamagan o‘yinchini chaqirish to‘g‘ri bo‘lmaydi.


Chap qanotda Masharipovning o‘rnini qanday yopmoqchiligi haqida

Shunchaki kuzatamiz. Bu o‘rtoqlik o‘yini, Oybek Bozorov  (ham gavdasi kichik bo‘lsada)  ushbu pozisiyada qanchalik o‘zini ko‘rsatishini ko‘ramiz. Bizda boshqa yechim yo‘q edi. To‘g‘ri, bundan qoniqmayapman, biroq bizda bori shu.

Srechko Katanesning terma jamoasi klubga o‘xshab qolayotgani haqida

Bu bizning ishimiz. Bizda mas’uliyat bor. Sizdan (jurnalistlar) ko‘ra kim tarkibga munosib ekanligini yaxshiroq ko‘raman deb o‘ylayman. Yil davomida yaxshi o‘ynagan futbolchi noyabrda imkoniyat berilishini kutishi haqida to‘g‘ri gapirgandirsiz, lekin bunda murabbiy nima qila oladi? Bilaman, murabbiy jurnalistni yuta olmaydi. Bor gap shu. Men hozir nima desam ham boshqacha fikr bo‘ladi. Chunki jurnalistlarda doim argument bo‘ladi. Sizning ishingizni hurmat qilaman, men ham o‘z ishimni qilyapman.

O‘zbekiston terma jamoasidagi bir yillik faoliyatida nimalarni o‘zgartira olgani haqida

O‘zimga baho berish mening ishim emas. Natija tarafdan qarasak, menimcha, yaxshi o‘yinlar ko‘rsatyapmiz. So‘nggi o‘rtoqlik o‘yinlarini kuzatayotgan bo‘lsak, masalan, Tailandga qarshi o‘yinda juda yaxshi tomonlama o‘zimizni ko‘rsata oldik.

Noyabrda Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini bo‘lishi haqida

Bilmayman. Shunday mish-mishlarni eshitdim. Bilishimcha, Rossiya 3 ta o‘rtoqlik o‘yinida qatnashish borasida kelishib bo‘lgan. Hozircha noyabr oyida qaysi terma jamoaga qarshi o‘ynashimizni bilmayman. Bu yomon, ammo haqiqat shunday.

 

O‘zbekiston U-23 terma jamoasidan futbolchilar jalb qilmagani haqida

Terma jamoaga chaqirilishi mumkin edi, biroq hozir ular men kutgan o‘yinni namoyish etmayapti. Shuningdek, terma jamoadagi ba’zi futbolchilar ham oldingi o‘yinlarini namoyish etmayapti. Ular hozir buni tushunsa yaxshi, lekin tushunmasdan, xuddi shunday o‘ynashda davom etsa, bu yaxshi emas.

*** 
Darvozabonlar: Abduvohid Ne’matov ("Nasaf"), Botirali Ergashev (AGMK), O‘tkir Yusupov ("Navbahor")

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov ("Navbahor"), Farruh Sayfiyev ("Paxtakor), Husniddin Aliqulov ("Nasaf"), Xojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Ibrohimhalil Yo‘ldoshev ("Pari NN”), Umarbek Eshmurodov ("Nasaf"), Abdulla Abdullayev (AGMK), Sherzod Nasrullayev ("Nasaf"), Islomjon Qobilov ("Lokomotiv")

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov ("Paxtakor"), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Otabek Shukurov ("Fatix Karagumruk"), Aziz Turg‘unboyev ("Paxtakor"), Oston O‘runov ("Ural"), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Shahboz Umarov ("Ordabasi"), Sardor Sobirxo‘jayev ("Paxtakor"), Xojimat Erkinov ("Paxtakor")

Hujumchilar: Eldor Shomurodov ("Roma"), Igor Sergeev ("Tobol")

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 19:43, 19.09.2022.
O'qildi: 3241 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.