Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Nega Ispaniya klublari futbolchilarning tovon pulini katta miqdorda belgilaydi?

Nega Ispaniya klublari futbolchilarning tovon pulini katta miqdorda belgilaydi?

Baho:
+ | -

Yaqinda "Barselona" Gavi bilan shartnomani uzaytirdi, tovon pulini bir milliard etib belgiladi. Karim Benzemaning ham shartnomasidagi tovon puli bir milliard. Robert Levandovskining "Barselona" bilan shartnomasidagi tovon puli 500 million yevro. Bu esa barcha ispan klublariga xos xususiyat.

Yangi o‘yinchilar bilan shartnoma imzolashda yoki eskilari bilan shartnomalarni uzaytirishda, ular ko‘pincha dunyoning hech bir klubi moliyaviy jihatdan tortib ololmaydigan tovon pullarini belgilaydilar.

Ispaniyada shartnomalarda ozod qilish bandlari majburiydir - bu futbolchilar va klublar uchun kafolatdir

Tovon puli birinchi marta 1985 yilda futbolchilar shartnomalarida paydo bo‘lgan. Ular uch yillik muhokamadan so‘ng majburiy bo‘lib qoldi va Ispaniya futbol federasiyasi Qirollik kodeksining 1006-sonli qarorida mustahkamlab qo‘yildi. Unga ko‘ra, har bir klub futbolchi bilan shartnoma tuzayotganda to‘lov miqdorini muhokama qilishga majbur bo‘lgan. Bu ikkala tomonning manfaatlarini ta’minlash uchun zarur:

- Klub - agar potensial xaridor kichik taklif bilan kelgan bo‘lsa, u holda sotuvchi rozi bo‘lmaslik va oldindan belgilangan to‘lov miqdorini ko‘rsatish huquqiga ega;
- Futbolchi - agar futbolchi klubni tark etmoqchi bo‘lsa va unga rad javobi berilsa, u mustaqil ravishda shartnomani sotib olishi va erkin agentga aylanishi mumkin.
La Liganing amaldagi prezidenti Xaver Tebas ikki yil avval tizimning afzalliklari haqidagi savollarga javob berdi:

“Biz futbolchilar kasaba uyushmasi va klub rahbarlarini tinglayapmiz. Hozircha ushbu qoidani bekor qilishning hojati yo‘q, chunki bu hamma uchun qonuniy ravishda mustahkamlangan ishonchlilik tizimidir. Shu tariqa, shartnomalar tomonlar hamkorlik qiladigan kishilarga hurmat ko‘rsatadi.

Lekin nima uchun Ispaniyadagi bandlar shunchalik katta?

Gavi uchun bir milliard yevro tovon puli "Manchester Siti" ertaga uni sotib oladi va kerakli narxni to‘laydi degani emas. Katta bandlar shu qadar vizual ishoraki, klub ma’lum bir o‘yinchini qadrlaydi va uni raqobatchilarga sotmoqchi emas.

Yana bir bor: hech bir aqli raso klub egasi bitta futbolchi uchun bir milliard to‘lamaydi. Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, Gavining 1 milliard yevro tovon puli "Manchester Yunayted"ning umumiy bozor qiymatining chorak qismini tashkil etadi, buning uchun Gleyzerlar oilasi klub bilan xayrlashishi mumkin.

Ispaniyadagi to‘lovlar miqdori har doim ham qandaydir kosmik darajada yuqoriga o‘tavermaydi. Tiagoning “Barselona”dan “Bavariya”ga o‘tishi top-futbolchining munosib narxga o‘tishiga yaqqol misoldir. "Bavariya" sotib olish summasi sifatida 22 million yevro to‘lagan va bandni faollashtirgani uchun yana 3 million yevro to‘lagan.

Boshqa ligalarning klublari ham tovon pulini belgilaydi, lekin Ispaniyadagidek katta miqdorda emas

Ha, lekin kuchli beshlikning boshqa ligalarda bu shart emas. Shu sababli, agentlar va klub rahbarlari muzokaralar bosqichida ushbu bandni muhokama qilishmoqda. Mana bir nechta mashhur misollar:

1. Bu yozning eng mashhur transferlaridan biri bu Erling Xolandning "Manchester Siti"ga o‘tishi. Klub "Borussiya"ga 60 million yevro to‘lagan - bu to‘lov miqdori shartnomada ko‘rsatilgan.

2. "Arsenal" Luis Suares uchun 40 million funt va 1 funt taklif qilganidagi hazilni eslaysizmi? Shartnomada "Liverpul" Suaresni 40 million funtdan kam pulga sotmasligi aytilgandi.

3. Arsen Zaxaryan 15 million yevro evaziga "Chelsi"ga deyarli o‘tdi. Ushbu summa Zaxaryanning shartnomasida ko‘rsatilgan.

Kiritildi: 10:33, 24.09.2022.
O'qildi: 3199 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.