Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi Tyerri Anri Eden Azarning "Real"da muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmaganidan norozi.
Qanot futbolchisi kecha Belgiyaning Niderlandiyaga qarshi o‘yinida maydonga tushgan, biroq 64-daqiqada jarohati sabab maydonni tark etishga majbur bo‘lgandi.
"Azar biz xohlagan darajada o‘ynamayapti. Bizga uning jismoniy holati cho‘qqisida bo‘lishi, muntazam mashg‘ulotlar olib borishi kerak. Belgiya terma jamoasiga u kerak va bu yerda biz uni imkon qadar ko‘proq o‘ynashga harakat qilamiz", dedi Genri.
Joriy mavsumda Eden Azar "Real Madrid" safida barcha turnirlarda 4 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.