"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Maykl Kerrik klub yarim himoyachisi Kristian Eriksen haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“U juda aqlli, fantastik futbolchi. Qaysi pozisiyada o‘ynashining deyarli ahamiyati yo‘q, moslasha oladi. U shunchaki aqlli, epchil yuqori saviyali futbolchi", - deya Kerrikning so‘zlarini keltirgan klub matbuot xizmati.
30 yoshli daniyalik 2022 yilning yozida Brentforddan «Manchester Yunayted»ga o‘tgan edi. “Qizil iblislar” safida yarim himoyachi 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golga assistentlik qilgan.