"Barselona"ning ispaniyalik himoyachisi Serxi Roberto yana jamoaga yordam berishi mumkin, deya xabar berdi Xavi Migel.
Manbaga ko‘ra, 30 yoshli qanot himoyachisi hozirda o‘zini yaxshi his qilmoqda va 1 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan La Liga doirasidagi "Malyorka"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilishi mumkin.
Roberto bu mavsum Primeranining 4 o‘yinida 1 ta gol urdi.