Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

JCH-2022. Barchasida arab madaniyati mujassam

JCH-2022. Barchasida arab madaniyati mujassam

Baho:
+ | -

Quyidagi material tobora yaqinlashib kelayotgan Qatar mundialining o‘ziga xos jihatlariga bag‘ishlangan.

JCH-2022 emblemasi

Futbol muxlislariga yaxshi tanish bo‘lib ulgurgan navbatdagi eng yuksak nufuzli turnirning timsoli 8 raqamiga aylantirilgan, qizil hoshiyali oppoq halqadan iborat.

8 raqami - Qatardagi stadionlar soniga ishora. Shuningdek, cheksizlik belgisi hamdir.

«Jahon chempionatining logotipi nufuzli musobaqaning regionimiz aholisiga ko‘rsatgan uzoq yillik ta’sirini aks ettiradi. Bundan tashqari, emblemaning yuqori qismi turnir g‘olibiga beriladigan sovrinni eslatadi» - deyishdi JCH-2022 tashkiliy qo‘mitasi vakillari.

 

JCH-2022 rasmiy to‘pi

Al Rihla - Qatar mundiali rasmiy to‘pi shunday nomga munosib topildi. Arab tilidan olingan ibora «sayohat» ma’nosini anglatadi.

Uni tayyorlagan Adidas kompaniyasi mutaxassislari yangi to‘p eng tezkor va aniq ekanligini aytishdi. Bunday sifatlarga erishish uchun to‘pni CTR-Core texnologiyasidan, ya’ni, to‘p ichiga aniqlik va balansni oshiradigan jajji yadro qo‘yish usulidan foydalanilgan.

JCH-2022 uchun tayyorlangan to‘plar savdosidan olinadigan daromadning 1 foizi barcha professional futbolchilar va murabbiylarni o‘z maoshlarining 1 foizini futbol xayriya jamg‘armalariga da’vat etish bilan shug‘ullanadigan Common Goal tashkilotiga o‘tkaziladi.

 

JCH-2022 tumori

Qatar mundialining tumori Laib nomli uchar gilamga berildi. Arab tilida u «juda yaxshi o‘yinchi» ma’nosini anglatadi. Shuningdek, Laib arab olamidagi erkaklar bosh kiyimi - kufiyeni eslatadi.

Yaratuvchilarning fikriga ko‘ra, Laib ta’riflash o‘ta qiyin bo‘lgan «qo‘shni maskotlar sayyorasidan» kelgan. U o‘ta chaqqon, quvnoq va qiziquvchan.

«Hissiyotga, mehnatsevarlik va o‘z orzusiga yetishga intiladigan har qanday kishini mamnuniyat bilan qo‘llab,quvvatlayman», - deydi u FIFA saytiga jo‘natilgan videorolikda.

«Laib hammani o‘ziga ishonishga chorlamoqda. U barchaga futbol zavqini olib keladi», - deyiladi xalqaro tashkilotning rasmiy saytida.

 

JCH-2022 madhiyasi

Mundial madhiyasi mart oyining oxirida Doxada bo‘lib o‘tgan qur’a tashlash marosimida ijro etildi. Shunday sharafga sazovor bo‘lgan Nauua Nauua (Better Together) qo‘shig‘ini amerikalik Trinidad Kardona, afrikalik Davido va qatarlik Oyshalar ijro etdilar.

«Amerika, Afrika va Yaqin Sharq vakillari jo‘rligida yangragan mazkur qo‘shiq musiqa va futbol butun dunyoni birlashtira olishini yaqqol isbotladi. FIFA musiqiy strategiyasining bir qismi bo‘lmish soundtrek ehtirosli futbol ishqibozlarini har qachongidan ko‘ra ko‘proq jahon chempio­nati ruhiga yaqinlashtiradi», - dedi xal­qaro tashkilotning tijorat direktori Key Madati.

S.RAHMONOV tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:17, 28.09.2022.
O'qildi: 2256 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.