Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Jahon chempionatining eng chiroyli stadionlari: "Uembli"dan "Lujniki"gacha

Jahon chempionatining eng chiroyli stadionlari: "Uembli"dan "Lujniki"gacha

Baho:
+ | -

Har bir arena - afsona

Deyarli 100 yil davomida o‘nlab arenalarda Jahon kubogi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Uzoq vaqtdan beri yo‘q bo‘lib ketgan kichik stadionlardan tortib, bir nechta rekonstruksiyadan omon qolgan monumental inshootlargacha. Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCH-2022 arafasida biz mundial o‘yinlariga mezbonlik qilgan eng chiroyli stadionlarni eslashga qaror qildik. Darhol aytaylik, nafaqat noodatiy arxitektura, balki binoning holati va uning futbol uchun tarixiy ahamiyati ham hisobga olindi.

"Centenario"
Montevideo, Urugvay
Ochilish yili: 1930 yil
Sig‘imi: 60 235 tomoshabin
Oxirgi ta’mirlangan yili: 2021 yil

"Centenario" - tarixdagi birinchi Jahon chempionatining asosiy stadioni bo‘lib, turnir uchun maxsus qurilgan. Bu yerda 1930 yilgi Jahon chempionatining 18 ta o‘yinidan 10 tasi, shu jumladan yarim final va final o‘yinlari bo‘lib o‘tgan. Arena o‘z nomini ispan tilidan "yuz yillik" deb tarjima qilingan, chunki, 1930 yilda nishonlangan Urugvay mustaqilligining sharafiga berilgan.

"Centenario" qurilishi vaqtida ba’zi qiyinchiliklar yuzaga keldi, qurilish rejadan ortda qoldi, jumladan, Urugvaydagi yomg‘irli mavsum tufayli barcha ishlar Jahon chempionati boshlanishiga atigi besh kun qolganida yakunlandi. Shu tariqa, turnirning dastlabki o‘yinlari Montevideodagi boshqa ikkita stadionda o‘tkazilishi kerak edi, garchi dastlab 1930 yilgi Jahon chempionatining barcha o‘yinlari "Centenario"da o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lsa ham.

Oradan deyarli yuz yil o‘tib, stadion jahon futbolining klassik arenalaridan biriga aylandi. Bu hatto rasman e’tirof etilgan: 1983 yilda FIFA "Sentenario"ni "Jahon futbolining tarixiy yodgorligi" deb e’lon qilgan va hozirgacha Montevideodagi stadion bunday maqomga ega bo‘lgan sayyoradagi yagona stadiondir.

"San-Siro"
Milan, Italiya
Ochilish yili: 1926 yil
Sig‘imi: 80 018 tomoshabin
Oxirgi ta’mirlangan yili: 2016 yil

"San-Siro" - jahon futbolidagi eng mashhur stadionlardan biri. U ikkita Jahon chempionatlarining o‘yinlariga mezbonlik qilgan - 1934 va 1990 yillar. 1990 yilgi Jahon chempionatida "San-Siro" asosiy maydonlardan biri bo‘lib, oltita o‘yinni o‘tkazdi, shu jumladan turnirning ochilish o‘yini. O‘sha o‘yinda O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Valeriy Nepomnyashiy boshchiligidagi Kamerun Argentina termasini sensasion tarzda mag‘lub etdi.

Stadionning tashqi ko‘rinishini arenaning perimetri bo‘ylab 1990 yilgi Jahon chempionati oldidan rekonstruksiya qilish paytida paydo bo‘lgan va tribunalarning yuqori qavati va tomini qo‘llab-quvvatlovchi 11 ta minora tufayli osongina tanib olish mumkin.

So‘nggi yillarda "Milan" va "Inter" hamda shahar hokimiyati yangi arena loyihasi ustida ishlamoqda. Dastlabki rejaga ko‘ra, "San-Siro" buzilib, uning o‘rnida yoki yonida qurilish boshlanishi kerak edi. Biroq, afsonaviy arena joyida qoladigan bo‘ldi. Bundan tashqari, "San-Siro" 2026 yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish va yopilish marosimlariga mezbonlik qiladi.

"Velodrom"
Marsel, Frantsiya
Ochilish yili: 1937 yil
Sig‘imi: 67 394 tomoshabin
Oxirgi ta’mirlagan yili: 2014 yil

Futbol ishqibozlari, albatta, Marseldagi stadion tribunalarining oval shaklidagi siluetini osongina tanib olishadi. "Velodrom"da ikkita Jahon chempionatlari, 1934 va 1998 yillarda bo‘lib o‘tgan. 1934 yilgi Jahon chempionatida bu yerda ikkita o‘yin o‘tkazildi, shu jumladan yarim final, 1998 yilgi Jahon chempionatida esa yettita, shu jumladan yarim final o‘yinlari o‘tkazildi.

O‘sha turnirning eng yorqin voqealaridan biri – niderlandiyalik Dennis Bergkampning chorak final o‘yinini so‘nggi daqiqalarida Argentina darvozasiga urgan goli "Velodrom"da yuz berdi.

Yevro-2016 uchun arena jiddiy rekonstruksiya qilindi, muxlislar sig‘im oshdi va eng muhimi, tom paydo bo‘ldi. Ta’mirlash "Velodrom"ni yanada zamonaviy stadionga aytalnid.

"Marakana"
Rio-de-Janeyro, Braziliya
Ochilish yili: 1950
Sig‘imi: 78 838 zriteley
Oxirgi ta’mirlagan yili: 2013

Dunyodagi eng mashhur va afsonaviy stadionlardan biri ("Uembli" bilan birga). "Marakana" 1950 yilgi Jahon chempionati uchun qurilgan va Braziliya tarixidagi asosiy dramalardan biriga sahna bo‘lgan (ha, shunday). Jahon chempionatining hal qiluvchi o‘yinida Urugvaydan uchralgan mag‘lubiyat (1:2) milliy miqyosdagi falokat bo‘ldi va Braziliyaning Jahon chempioni bo‘lishini ko‘rish uchun tribunalarga yig‘ilgan deyarli 200 ming kishi yer yuzidagi eng baxtsiz insonlarga aylandi.

O‘sha mag‘lubiyat hatto "Marakanasa (Maracanazo) nomini ham oldi. O‘yin tugashiga 11 daqiqa qolganida urugvayliklarning g‘alaba golini o‘tkazib yuborgan braziliyalik darvozabon Moasir Barboza esa bir zumda milliy dushmanga aylandi.

"Marakana" 2014 yilgi Jahon chempionati o‘yinlariga ham mezbonlik qilgan. Arenada yettita o‘yin bo‘lib o‘tdi, jumladan, Germaniya va Argentina o‘rtasidagi final.

"Marakana"da 2016 yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlarining ochilish va yopilish marosimlari, shuningdek, futbol bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari finali bo‘lib o‘tdi, unda Braziliya oltin medalni qo‘lga kiritdi va nihoyat o‘zi hali ega bo‘lmagan so‘nggi chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Bir yil o‘tgach, "Marakana" qanchalik vayron bo‘lganini ko‘rsatadigan dahshatli kadrlar butun dunyo bo‘ylab tarqaldi - maysazor o‘rniga tuproq, tribunadagi sindirilgan o‘rindiqlar...

"Uembli"
London, Angliya
Ochilgan yili: 1923
Sig‘imi: 82 000 zriteley
Buzib tashlangan yili: 2002-2003

Oldindan aytib qo‘yaylik, biz eski "Uembli" stadioni haqida gapiramiz, chunki Jahon chempionati o‘yinlari yangi arenada o‘tkazilmagan. Afsonaviy arenani o‘ziga xos jozibasi va osongina tanib bo‘ladigan ko‘rinishi bor edi. Bu, birinchi navbatda, markaziy tribunadagi ikkita egizak minora haqida. Ular yangi arenaning uchar arkasi kabi eski "Uembli"ning me’moriy ramzi edi.

"Uembli" ko‘plab mashhur voqealar, jumladan, Angliya va Germaniya o‘rtasidagi 1966 yilgi Jahon chempionati finalida, mezbonlar Jefri Xerstning goli va SSSR laynsmeni Tofiq Bahromovning qarori evaziga yagona chempionlikni qo‘lga kiritgan. O‘shanda Tofiq Bahromov zarbadan so‘ng, to‘p to‘liq chiziqni kesib o‘tganini aytib, Angliyaning golini hisobga olgandi.

2000 yil oktyabr oyida eski “Uembli”dagi so‘nggi uchrashuv Angliya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini bo‘lgani ramziy ma’noga ega.

"Asteka"
Mexiko, Meksika
Ochilish yili: 1966 yil
Sig‘imi: 87 523 tomoshabin
Oxirgi ta’mirlangan yili: 2016 yil

"Asteka" go‘zal, ulug‘vor va monumentaldir. Bu shuningdek, Jahon chempionatlari tarixidagi asosiy stadion - "Marakana", "Uembli" va boshqa arenalar emas, xususan, "Asteka".

Hammasi oddiy:

- "Asteka" ikkita Jahon chempionati finaliga mezbonlik qilgan birinchi va hozircha yagona stadiondir (1970 va 1986 yillarda);

- Pele va Diyego Maradona "Asseka"da Jahon chempioni bo‘lishdi;

- Aynan "Asteka"da 1986 yilgi Jahon chempionati Argentina - Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi mashhur chorak final bo‘lib o‘tdi, o‘shanda Maradona o‘zining ikkita afsonaviy golini urgan: "Yaratganning qo‘li" va "Asr goli";

- "Asteka" 1970 yilgi Jahon chempionatining yarim finalidagi Italiya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi (4: 3) "Asr o‘yini" mezbonlik qildi, bu Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi o‘yin hisoblanadi.

"San-Nikola"
Bari, Italiya
Ochilish yili: 1990 yil
Sig‘imi: 58 270

Mashhurlikdan uzoqda, lekin juda chiroyli va atmosferali stadion. "San-Nikola" 1990 yilgi Jahon chempionati uchun maxsus qurilgan. Turnirning beshta o‘yini, jumladan, 3-o‘rin uchun bahsi bo‘lib o‘tgan.

Stadion tashqaridan katta uchuvchi likopchaga, ichkariga esa gulga o‘xshaydi. Ushbu maxsus dizaynni yaratish uchun tribunalar tomoshabinlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida 26 ta "barglar" bilan yetarli joy ajratilgan.

Aytgancha, 1990 yilgi Jahon kubogi o‘yinlaridan tashqari, "San-Nikola" sobiq Chempionlar kubogining so‘nggi finaliga mezbonlik qilgan - 1991 yil may oyida Serbiyaning "Srvena Zvezda" jamoasi Fransiyaning "Marsel" klubini mag‘lub etgan.

"Pontiak Silverdoum"
Detroyt, AQSH
Ochilish yili: 1975 yil
Sig‘imi: 80 311 tomoshabin
Buzilgan yili: 2018 yil

Jahon kubogi o‘yinlariga mezbonlik qilgan birinchi yopiq stadion, "Pontiak Silverdoum" 1994 yilda AQSHda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati o‘tkazilgan stadionlardan biri edi. Guruh bosqichining to‘rtta o‘yini bo‘lib o‘tdi, jumladan, Rossiya – Shvesiya.

Stadion 1975 yilda ochilganda, havo bosimiga ega shisha tolali tom sport maydonchasi uchun innovasion arxitektura yechimiga aylandi. 1985 yil mart oyida ko‘p miqdorda qor yog‘ishi tufayli tom qisman qulab tushdi, lekin tezda ta’mirlandi va yana "shishirildi" va shunday havo bosimi texnologiyasi qo‘llanildi.

Biroq, tom ostidagi futbolni hamma ham yoqtirmasdi. 1994 yilgi Jahon chempionati ishtirokchilari ventilyasiyaning yetarli emasligi tufayli ichkaridagi issiqlik va yuqori namlikdan shikoyat qilishdi.

"Lujniki"
Moskva, Rossiya
Ochilish yili: 1956 yil
Sig‘imi: 78 011 tomoshabin
Oxirgi ta’mirlangan yili: 2017 yil

Sovet Ittifoqi va Rossiyaning asosiy stadioni. 2018 yilgi Jahon chempionatining asosiy arenasi. Turnirning yettita o‘yini shu yerda bo‘lib o‘tdi, shu jumladan Rossiya terma jamoasi Saudiya Arabistonini mag‘lub etgan ochilish o‘yini (5:0) va Fransiya -Xorvatiya o‘rtasidagi final.

"Lujniki", shubhasiz, mahalliy va Jahon sportining timsollaridan biridir. Bu yerda 1980 yilgi Olimpiada o‘yinlarining ochilish va yopilish marosimlari, 2013 yilgi yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati, 2008 yilgi Chempionlar ligasi finali va hattoki 1957 yilgi xokkey bo‘yicha jahon chempionati (ha, biz bir nechta o‘yinlar bo‘lib o‘tgan asosiy arena haqida gapiryapmiz).

2018 yilgi Jahon chempionati oldidan "Lujniki" katta rekonstrusiyadan o‘tkazildi - yugurish yo‘laklari g‘oyib bo‘ldi, tribunalar maydonga yaqinlashdi va ularning moyillik burchagi o‘zgardi, bu ko‘rinishni yaxshiladi va ichki xonalar o‘zgardi. Shu bilan birga, shahar timsollaridan biriga aylangan arenaning taniqli fasadi saqlanib qoldi.

Kiritildi: 10:42, 30.09.2022.
O'qildi: 4725 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.