Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

"Real"ning 8 nafar himoyachisi La Ligadagi navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

"Real"ning 8 nafar himoyachisi La Ligadagi navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Baho:
+1 | -

Madridning "Real" klubi "Selta" bilan o‘yinda nafaqat mag‘lubiyatga uchradi (0:2), balki ko‘plab futbolchilarini yo‘qotdi.

Eder Militao birinchi bo‘limdayoq jarohat oldi, tanaffusdan keyin Fran Garsiya va Alvaro Karreras maydondan chetlatildi. Shu tariqa, jamoa yana mudofaa pozisiyalarida jiddiy kadrlar inqiroziga duch keldi: The Touchline xabariga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida sakkiz nafar himoyachi La Liganing navbatdagi "Alaves"ga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Yuqorida tilga olingan uch futbolchidan tashqari, Din Xyoysen, Trent Aleksander-Arnold, Daniel Karvaxal, David Alaba va Ferlan Mendi maydonga tusha olmaydi.

"Qaymoqranglilar"ning "Alaves"ga qarshi o‘yini kelasi yakshanba, 14 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bundan 4 kun oldin Xabi Alonso jamoasi o‘z uyida Chempionlar ligasi doirasida "Manchester Siti"ni qabul qiladi.

Kiritildi: 07:56, 08.12.2025.
O'qildi: 5863 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик