Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Monpelye 1-1 Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad 0-1 Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem 2-2 Liverpul
27/04 17:00 Las-Palmas 0-2 Jirona
27/04 18:00 Lechche 1-1 Monsa
27/04 19:00 Man. Yunayted 1-1 Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton 2-1 Luton
27/04 19:00 Fulhem 1-1 Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl 5-1 Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya 1-3 Xetafe
27/04 21:00 Yuventus 0-0 Milan
27/04 21:30 Everton 1-0 Brentford
27/04 21:30 Alaves 3-0 Selta
27/04 23:45 Lasio 1-0 Verona
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston - O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter - Torino
28/04 16:00 Mets - Lill
28/04 16:00 Tailand - Eron
28/04 17:00 Kadis - Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem - Arsenal
28/04 18:00 Bornmut - Brayton
28/04 18:00 Loryan - Tuluza
28/04 18:00 Klermon - Reyms
28/04 18:00 Strasbur - Nissa
28/04 18:00 Bolonya - Udineze
28/04 19:15 Granada - Osasuna
28/04 20:05 Renn - Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli - Roma
28/04 21:00 Atalanta - Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion - Monako
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel - Lans
29/04 00:00 Betis - Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya

Boelining tasavvuridagi “CHelsi” qanday bo‘lishi kerak?

Boelining tasavvuridagi “CHelsi” qanday bo‘lishi kerak?

Baho:
+ | -

May oyida "Chelsi" boshqaruv tuzilmasidagi o‘zgarishlarni e’lon qildi. “Ko‘klar” amerikalik tadbirkor Todd Boeli boshchiligidagi konsorsium tomonidan sotib olindi. U London klubining yangi rahbariga aylandi. Hozirda "Aristokratlar" tarkibidagi barcha asosiy qarorlar Boeli tomonidan qabul qilinadi.

Yozda "ko‘klar" kuchli transfer kampaniyasini o‘tkazdilar. “Aristokratlar”ga darvozabon Gabriel Slonina, himoyachilar Kalidu Kulibali, Mark Kukurelya va Uesli Fofana, yarim himoyachi Karni Chukvuemeka, vinger Raxim Sterling va hujumchi Pyer-Emerik Obameyang kelishdi. Umuman olganda, “Chelsi” transferlar uchun 245 million funt sarfladi, bu klub tarixidagi rekorddir. Yangi xo‘jayinlar jamoani moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini ko‘rsatishdi.

Eng qizig‘i, bu futbolchilarning barchasi Tomas Tuxel uchun jamoa bilan shartnoma imzolagan. Ammo mutaxassis yangilangan jamoa bilan chinakam ishlashga ulgurmadi. Sentyabr oyi boshida "Chelsi" uning ishdan bo‘shatilganini e’lon qildi. Mavsum boshlanishi londonliklar uchun yaxshi bo‘lmadi, ammo halokatli hech narsa ham sodir bo‘lmadi. Nemis murabbiyi Chempionlar ligasining 1-turida Zagrebning “Dinamo”siga imkoniyatni boy berganidan so‘ng (0:1) chetlatildi. Ammo, manbalarga ko‘ra, murabbiyning ishdan bo‘shatilishiga natijalar sabab bo‘lmagan.

Boeli mashg‘ulot jarayoniga ta’sir qilmasa, hech bo‘lmaganda uning bir qismi bo‘lishni xohladi. U birga ishlashni xohlardi, ammo Tuxel yangi rahbariyat bilan unchalik ham kelishmasligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Bu esa o‘z navbatida amerikaliklarga yoqmadi. Qaror qabul qilingandan so‘ng, u va mutaxassisning kelajakka qarashlari turlicha ekanligini aytdi. Boeli o‘z klubida rahbariyat va murabbiylar shtabi birgalikda ishlashi kerakligini tasdiqladi. Hamma narsa uchun pul to‘laydigan odam tarafidan qilingan to‘g‘ri talab bizning nazarimizda.

Boeli Tuxel bilan yaxshi ishlamadi. Tez orada "Chelsi" xo‘jayini bosh murabbiy lavozimiga yangi mutaxassis topdi. “Brayton”ning murabbiyi Grem Potter jamoaning yangi ustoziga aylandi. O‘zaro munosabatlar nuqtai nazaridan, Boeli to‘g‘ri tanlov qildi. Bu Potter uchun katta imkoniyat, shuning uchun u rahbariyat bilan ziddiyatga bormaydi. Qolaversa, mutaxassis jamoada va klubda qulay muhit yaratish uchun astoydil harakat qiladi. Bu aynan Boeliga kerak bo‘lgan narsa.

Yozgi transfer kampaniyasi davomida "Chelsi" xo‘jayini o‘zi ko‘plab kelishuvlar bo‘yicha muzokaralar olib bordi. Biroq “ko‘klar” o‘zlari istagan barcha futbolchilarni ololmadilar. Shu munosabat bilan Boeli transfer masalalari bilan mutaxassislar shug‘ullanishi kerak degan qarorga keldi. Albatta, uning nazorati ostida. “RB Salsburg”da faoliyat yuritayotgan Kristof Freund avvalroq London klubi sport direktori lavozimiga asosiy nomzod bo‘lgan edi. Hamkorlik shartlari funksioner bilan kelishilgandek tuyuldi, ammo u oxir-oqibat Angliya poytaxtiga ko‘chib o‘tishdan bosh tortdi.

Shunday qilib, "Chelsi"da yangilangan jamoa boshqaruvi tuzilmasi paydo bo‘lmoqda, uning tarkibiga Boeli, Potter va yangi sport direktori kirishi kerak. Ammo amerikalik bu bilan cheklanib qolmadi. Yaqinda "Chelsi" futbolchisi Fren Kirbi Boeli klubning ayollar tomoniga katta e’tibor qaratishini aytdi. Futbol London o‘tgan yozda "ko‘klar" transfer bozorida bir nechta yo‘nalishda ishlaganini tasdiqladi. Ayollar jamoasini kuchaytirish uchun ham katta sarmoya ajratildi.

Kirbining qo‘shimcha qilishicha, Boeli "Chelsi"ning mashg‘ulot markazi holatidan norozi. Bu shuni anglatadiki, bir necha yil ichida jamoa yangi yoki takomillashtirilgan bazaga ega bo‘lishi mumkin.

Londonliklar 2005 yildan beri Kobxemda joylashgan bazada mashg‘ulot o‘tkazadi. Boeli avvalroq “Stamford Bridj”ni kengaytirish zarurligi haqida gapirgan edi. “Aristokratlar” katta oltilik klublari orasida sig‘imi bo‘yicha eng kichik stadionga ega. Ehtimol, “Chelsi”ning yangi xo‘jayinlari oxir-oqibat arenani rekonstruksiya qilishni o‘z zimmalariga olishlari mumkin, bu esa uzoq muddatda o‘yin kunlarida daromadlar ortib borishini ta’minlaydi.

Boeli Yevropa futboliga endi kirib keldi, lekin u uzoqni ko‘ra oladigan tadbirkorga o‘xshaydi. Amerikalik Red Bull tizimini yoqtiradi. Boeli RB yoki Citi Football Group sxemasiga ko‘ra ko‘p klubli imperiya qurish istagini ochiq e’lon qildi. Albatta, bu loyihaning markazida "Chelsi" bo‘ladi. Boshqa klublar tarmog‘i “ko‘klar”ga tezda iqtidorli yoshlarni topish va rivojlantirish imkonini beradi. Hozircha bu narsalar faqat rejalarda, ammo investisiyalarni kiritish bilan hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 16:18, 30.09.2022.
O'qildi: 3199 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.