Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron 0-0 Xitoy
20/09 12:00 Gonkong 1-5 Tailand
20/09 15:00 KXDR 0-0 BAA
20/09 15:30 Fiorentina 1-1 Napoli
20/09 15:30 Yaponiya 7-0 Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe 1-0 Malaga
20/09 17:15 Andijon 1-4 Nasaf
20/09 18:00 Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone 2-0 Komo
20/09 18:00 Parma 2-1 Jenoa
20/09 18:00 Bornmut 0-1 Liverpul
20/09 18:00 Lids 0-0 Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti 5-3 Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona 1-2 OKMK
20/09 19:15 Atletiko 2-1 Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv 0-1 Neftchi
20/09 20:30 Fulhem 1-1 Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus 2-0 Atalanta
20/09 21:30 Deportivo 1-1 Betis
20/09 21:30 Vilyarreal 3-1 Levante
20/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
21/09 00:00 Valensiya 2-3 Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum
22/09 10:00 Vyetnam - O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin - Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni

Viktor Kumikov: "Avval vazifamizni 100 foizga rasmiylashtirib olaylik"

Viktor Kumikov: "Avval vazifamizni 100 foizga rasmiylashtirib olaylik"

Baho:
+ | -

“Andijon” jamoasi “Buxoro” ustidan muhim uch ochkoni qo‘lga kiritganidan keyin odatga ko‘ra matbuot anjumani uyushtirildi.

Unda jamoa ustozi Viktor Kumikov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- Ba’zi o‘yinchilarimiz, masalan Milich biz bilan 10-15 kun birga shug‘ullanmadi. Shunday vaziyatda ham o‘yinni oxirigacha ushlab turdik va g‘alabani saqlab qolishga erishdik. O‘ylagan rejalarimiz amalga oshdi. Raqibni yo‘qotadigan narsasi yo‘q edi. Hujumga va standartlarga ko‘proq e’tibor qaratgan holda o‘yin tashkil qildik. Shuningdek, qanotlardan ham hujumlarga o‘tdik va bu o‘z natijasini berib gol urdik. Eng asosiysi, vazifani bajardik.

- Muxlislarsiz o‘yin yoqdimi?

- Ishqibozlarsiz o‘ynaganimiz albatta bilindi. Xuddi yig‘in paytida o‘ynagandek o‘ynadik. Holbuki, muxlislar qarshisida baqir-chaqirlar bilan o‘ynashning gashti boshqacha.

- “Andijon” 1-o‘ringa yanada mustahkamlashdi. Hozirdan keyingi mavsum uchun rejalar tuzyapsizmi?

- Kelinglar, avval vazifamizni 100 foiz rasmiylashtirib olaylik. Hozircha 90 foizga ega deb o‘ylayman (kuladi). Yana ikkita o‘yinni yutib olaylik, keyin rejalar haqida gaplashsak bo‘ladi. Rejalar xususida oldindan biror nima deyish qiyin. Ertaga nima bo‘lishini bilmaymiz. Ko‘p narsa rahbariyatga bog‘liq.

- Keyingi o‘yin “Xorazm” bilan o‘tadi. Bu uchrashuv ham qiyin bo‘ladi...

- Moliyaviy qiyinchiliklar bo‘lishiga qaramay, jamoamiz yaxshi o‘yin ko‘rsatyapti. Boshqa jamoa shunday o‘yin ko‘rsatarmidi? Yigitlarimiz yaxshi ruhlanishi evaziga munosib o‘yin ko‘rsatishyapti.

- O‘yin oxirida birdaniga 3 nafar futbolchini almashtirdingiz, bunday o‘zgarishga kam qo‘l urardingiz...

- Bu taktik o‘zgarishlar edi. Biz sxemani o‘zgartirishga qaror qilgandik. Yoshlarga imkoniyat berdik. Axir ular ham o‘ynashi kerak-ku!

- Stadion “projektori” nima bo‘lyapti?

- Albatta, “projektorlar” bilan muammo bor. Bizga yig‘ilishda, kelasi yili agar stadionlar tayyor bo‘lmasa, o‘yinlarga ruxsat berilmasligini aytishgan. Bu yerda klub rahbari Jur’atbek Dilshodbekovichga oson tutib bo‘lmaydi. Chunki uning bir o‘ziga qiyin. Superligada viloyat rahbariyati ham jamoaga katta yordam berishi kerak. Bitta odamni o‘ziga oson emas. Agar viloyat rahbariyati ham yordam bersa, ko‘p narsa yanada ijobiy tomonga o‘zgarishi mumkin.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 00:01, 11.10.2022.
O'qildi: 1543 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик