Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Qatar xalqaro aeroporti JCH-2022ga tayyor emasligi aytilmoqda

Baho:
+ | -

Qatar aeroporti Jahon Chempionati vaqtida yuz beradigan yuklamaga tayyor emas.

Daily Mail nashrining xabariga ko‘ra, «Hamad» xalqaro aeroporti yo‘lovchilarning katta oqimiga tayyor emas, bu esa tashrif buyuruvchilar xavfsizligi ta’minlashga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ayrim aeroport xodimlari reyslar sonini ikki baravar oshirish (kuniga 700 dan 1600 tagacha) yaxshi g‘oya emasligidan xavotirda, shusiz ham ular allaqachon bosim ostida qolmoqda. Rasmiylardan biri vaziyatni «inqirozli» deb baholadi.

Ishchi kuchi izlab, aeroport yetarli tayyorgarlikka ega bo‘lmagan xodimlarni ishga olmoqda. Masalan, yangi ishchilar 20—30 soat davomida o‘qitilmoqda, tajribali xodimlarning fikriga ko‘ra, bu aeroport tartibi va ekspluatasiya masalalari bilan tanishish uchun yetarli emas.

Bundan tashqari aeroport o‘z xodimlarini bu vaqtda ish joyini o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaslikni iddao qilib, qo‘rqitmoqda. Daily Mail nashri Qatar fuqaro aviasiyasi boshqarmasi (QCAA) xodimlariga yo‘llagan xabaridan iqtibos keltirgan holda, Jahon Chempionati «Qatar uchun juda muhim va mamlakatda bu voqeadan katta umidlar qilinayotgani»ni yozmoqda. Qayd etilishicha, ishchilar «yuqori mansabdor shaxslar tomonidan qattiq nazorat qilinadi».

Alohida ta’kidlanganidek, «shaxslarning hodisalarni buzish yoki ish jarayonini sekinlashtirishga qaratilgan nomaqbul harakatlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi va ular davlat tomonidan qat’iy to‘xtatiladi». Bunday ishlardan xabardor bo‘lib, biroq tegishli joylarga xabar bermaganlar ham «javobga tortiladi va so‘roq qilinadi».

Undan tashqari, xodimlar uchun avgust oyidan dekabr oyining oxiriga qadar bo‘lgan muddatdagi barcha ta’tillar bekor qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Qatarda bo‘lib o‘tadigan mundial 20 noyabrdan 18 dekabrgacha davom etadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:00, 12.10.2022.
O'qildi: 2149 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик