Kirish Ro'yxatdan o'tish

Galyardo 9 yillik faoliyatidan so‘ng "River Pleyt" bosh murabbiyligidan ketadi

Galyardo 9 yillik faoliyatidan so‘ng "River Pleyt" bosh murabbiyligidan ketadi

Baho:
+ | -

"River Pleyt" jamoasi bosh murabbiyi Marselo Galyardoni iste’foga chiqarganini e’lon qildi.

Mutaxassis klubda 2014 yilning iyun oyidan buyon ishlab kelayotgan edi. 46 yoshli argentinalik mutaxassis 2022 yilning oxirigacha mo‘ljallangan shartnomasi yakunlangach, jamoani tark etadi.

Murabbiy sifatida Galyardo "River Pleyt" bilan birga ikki marta Argentina kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan, shuningdek, ikki marta Libertadores kubogini va bir marta Argentina chempionatini qo‘lga kiritgan.

Avvalroq Galyardoga Yevropaning top-klublaridan qiziqish borligi haqida bir necha bor xabar berilgandi.

Kiritildi: 00:17, 14.10.2022.
O'qildi: 1157 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик