Kirish Ro'yxatdan o'tish

Saloh "portladi", endi uni "shaharliklar"ga qarshi og‘ir "jang" kutib turibdi

Saloh "portladi", endi uni "shaharliklar"ga qarshi og‘ir "jang" kutib turibdi

Baho:
+ | -

Saloh Chempionlar Ligasida ajoyib rekord qayd etdi.

“Liverpul” Chempionlar ligasida o‘zining eng yaxshi g‘alabasiga erishdi: ular “Reynjers”ni mag‘lub etishdi – 7:1. Mavsumning yana bir gollarga boy o‘yini aynan shu guruhda yuz bergandi, avvalroq "Napoli" "Ayaks"ni yirik hisobda mag‘lub etgan edi (6:1), endi esa Yurgen Klopp jamoasi neapolliklar bilan birga pley-offga chiqish uchun da’vogar bo‘lib turibdi. "Liverpul" avvalroq "Napoli"ga mag‘lub bo‘lgandi - 1:4. Buning alamini olgan holda mersisaydlar raqib darvozasiga naq 7 ta gol urishdi.

Firmino "tortuvchi" vazifasida

Mersisaydliklar Glazgoda birinchi bo‘lib gol o‘tkazish yuborishdi - 17-daqiqada. Ammo birinchi bo‘limda ular Roberto Firminoning javob goli evaziga yana o‘yinga qaytdi. Tanaffusdan keyin ham u jamoasini oldinga olib chiqdi.

• Firmino "Liverpul"ning joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lib, barcha turnirlar doirasida 12 o‘yinda 8 gol urdi va 4 golga assistentlik qildi.

• Hozirda Roberto Chempionlar ligasida "Liverpul" safida 12 ta gol urgan - Stiven Jerrard va Jeyms Milner bilan bir xil ko‘rsatkich qayd etmoqda.

"Liverpul" jarohatlangan futbolchilari sabab Shotlandiyaga bir qator kuchli o‘yinchilarisiz kelgan edi, shu sababli hech kim jamoadan yana 6 ta gol urishini kutmagandi. "Reynjers" o‘z tarixida ilk bor Yevropa turnirlarida 7 ta gol o‘tkazib yubordi. Ikkinchi bo‘lim ajoyib o‘tganiga qaramay, XG ajoyib emas edi - "Liverpul" uchun 1,94, "Reynjers" uchun 0,69. Mehmonlar beshta aniq vaziyat yaratishdi, lekin bunday yirik hisobda birinchi navbatda Muhammad Saloh va Diogo Jotaning mahorati evaziga erishildi. Saloh asosiy qahramonga aylandi. Chempionlar ligasining eng tezkor xet-trigi bo‘yicha rekord yangilandi. Misrlik va portugaliyalik ikkinchi bo‘limda maydonga tushishdi va uchta gol urishdi – Saloh Chempionlar ligasi tarixidagi eng tezkor xet-trik qayd etdi. Bu bor-yo‘g‘i olti daqiqa 12 soniya ichida amalga oshdi va uch martasida ham unga Jota yordam berdi.

Muhamad Bafetimbi Gomisning xet-trikar bo‘yicha 11 yillik rekordini ortda qoldirdi, "Lion" futbolchisiga Zagrebning "Dinamo"siga qarshi o‘yinda uchta gol urish uchun sakkiz daqiqa ketgan edi.

• Salohning "Liverpul" safida Chempionlar ligasida urgan gollari soni 38 taga yetdi, bu ingliz klublari uchun eng yaxshi ko‘rsatkichdir. Misrlik ushbu xet-trik evaziga Didye Drogba («Chelsi») va Serxio Aguyero («Man Siti»)ni ortda qoldirdi - ularda 36 tadan gol bor.

• Shuningdek, bu portugaliyalik futbolchining 10 yildan beri saqlanib kelayotgan bir o‘yindagi 3 ta assisti bo‘yicha rekordlarni ham takrorladi (Frank Riberi Mario Gomesga assistlar berganidan xabaringiz bor). Saloh va Firminodan tashqari Nunyes (u hisobni 3:1 ga yetkazdi) va Elliott (7:1) gol urishdi. "Liverpul" Neapoldagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Chempionlar ligasida ketma-ket uchta o‘yinda g‘alaba qozondi va endi 1/8 finalga bir qadam qoldi - "Ayaks" va "Napoli" bilan qolgan ikkita o‘yinda jamoa bir ochkoni qo‘lga kiritishi kerak xolos. "Reynjers" esa hech qanaqasiga pley-offga chiqa olmaydi.

"Tanaffusda futbolchilar bilan juda ijobiy suhbatlashib oldik. Ikkinchi bo‘limda biz ko‘proq narsani xohladik va hamma narsa yaxshi bo‘ldi. Ajoyib o‘yin bo‘ldi, ayniqsa Salohdan. Bugun asosiy tarkibda maydonga tushganlarning barchasi yaxshi o‘yin o‘tkazdi. Men ko‘proq narsani so‘ra olmadim, men o‘yindan juda ham mamnunman", - deydi Yurgen Klopp bahsdan so‘ng. - O‘yinimiz chiqib tursa, biz juda yaxshi jamoa bo‘la olamiz. Biz ajoyib gollar urdik, hammasi joyida bo‘ldi. Albatta, bu kayfiyatni o‘zgartiradi va bu juda yaxshi. Yakshanba kuni kim bilan o‘ynashimizni hammamiz yaxshi bilamiz. Hammasi boshqacha bo‘ladi, lekin yuragingiz yaxshi holatda bo‘lgandagina bunday o‘yinga tayyorgarlik ko‘rganingiz ma’qul".

Yakshanba kuni "Liverpul" - "Siti" o‘yini "olov"ga aylanishini kutib qolamiz.

Kiritildi: 02:29, 14.10.2022.
O'qildi: 2176 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.