"Chelsi" yarim himoyachisi Meyson Maunt jiddiy jarohatdan qutulib qoldi.
23 yoshli futbolchi Chempionlar ligasi doirasida "Milan"ga qarshi kechgan va "ko‘klar"ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan birinchi bo‘limdan so‘ng almashtirildi.
Jarohati tufayli yarim himoyachi yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan "Aston Villa" bilan navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuborish xavfi bor edi, biroq tibbiy ko‘rik jiddiy zararni aniqlamadi, deya xabar beradi jurnalist Saymon Jonson.
Meyson Maunt joriy mavsumda barcha musobaqalarda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.