Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

Bellingem "Borussiya"dagi kelajagi haqida fikr bildirdi

Bellingem "Borussiya"dagi kelajagi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem nemis klubidagi kelajagi haqida gapirdi.

Avvalroq, 19 yoshli futbolchining transferiga "Chelsi", "Manchester Siti", "Liverpul" va "Real" klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Bellingem butun e’tiborini "Borussiya"da o‘ynashga qaratganini va boshqa jamoaga o‘tish haqida hali o‘ylamaganini tan oldi.

"Rostini aytsam, men bu haqda umuman o‘ylamayman. Men bor e’tiborimni “Borussiya”ga qaratganman. Men hali kelasi mavsum yoki keyingi yoz haqida o‘ylaganim yo‘q", - dedi Bellingem Sky Sports bilan suhbatda.

Yarim himoyachining "arilar" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Bellingem joriy mavsumda Dortmundning “Borussiya” klubi safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:31, 26.10.2022.
O'qildi: 1123 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик